Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti


Transmilliy korporatsiyalar


Download 206.99 Kb.
bet10/13
Sana16.06.2023
Hajmi206.99 Kb.
#1510676
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bozor globallashuv sharoitida savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullarini rolini o\'zgartirish

2.1.Transmilliy korporatsiyalar — industrial rivojlangan davlatlarning global ahamiyatga ega bo`lgan ko`p funktsiyali milliy trest va kontsernlari, xalqaro firma, kompaniya va korporatsiyalari. “Trans” old qo’shimchasi o’z nomi bilan – TMK milliy chegaralardan tashqarida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; ular g’oyalarni, didlarni, standart va texnologiyalarni butun dunyo bo’ylab tarqatadilar; ular o’z operatsiyalarini global miqyosda rejalashtiradilar, bunda o’z milliy xarakterlarini saqlab qoladilar. Transmilliy kompaniyalar deganda ko’pincha, o’z ishlab chiqarish aktivlarini birdan ortiq mamlakatda nazorat qila oladigan kompaniyalar tushuniladi. Asos mamlakatlardagi bosh kompaniyalar qabul qiluvchi mamlakatlardagi sho’'ba kompaniyalar va filiallarni investitsiyalagan holda xorijiy aktivlarga ega bo’ladilar. Investirlashtirishning bunday turi boshqaruv va nazorat huquqini inobatga oladi va to’g’ri xorijiy investitsiyalar sifatida ko’rib chiqiladi. Bunga qarama-qarshi ravishda portfelli investitsiyalar nazorat huquqini bermaydi, ular odatda, daromad olish maqsadida pul bozorlari vositalarini va xorijiy qimmatli qog’ozlarni xarid qilishni nazarda tutadi.
Kompaniya agar faqatgina xorijda savdo qilsa yoki xorijiy firmalarning hamkorlari sifatida ishtirok etsa TMK hisoblanmaydi. Kompaniya uchun TMK maqomini olishning bir necha yo’llari mavjud. Masalan, agar: 1) kompaniya xorijda bir necha affilyat yoki filiallarga ega bo’lsa; 2) ular dunyoning ko’pgina mamlakatlarida faoliyat yuritadilar; 3) xorijda olingan daromadlar ulushi yoki boshqa daromadlar barcha daromadlarga nisbatan yuqori bo’lsa; 4) uning ishchilari, aktsionerlari va menejerlari ko’pgina turli mamlakatlardan bo’lishi kerak; 5) uning xorijiy operatsiyalari – bu nafaqat savdo, shuningdek ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar ham bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, Xalqaro kompaniyalar statistikasi ko’pgina murakkabliklarga duch keladi. Xususiy firma sifatida ular o’z faoliyatlari haqida axborotlarni zo’rg’a beradilar, buning ustiga axborotlarning bir qismi berkitiladi. Xalqaro korporatsiyalarning izohida ham farqlar mavjud. Ular odatda, kamida ikki mamlakatdagi aktivlar ustidan nazorat qilish huquqiga ega firma sifatida aniqlanadi. Boshqa mualliflar esa xorijiy ishlab chiqarish hajmi kabi kriteriyaning ahamiyatini ta'kidlaydilar. Shu narsa aniqki, TMKni bir xilda aniqlash juda katta murakkabliklarni o’zida mujassamlashtirgan, chunki transmilliy korporatsiyalarning tashkiliy tuzilmasi xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o’zgarishlarga moslashgan holda doimiy ravishda o’zgarib turadi. TMKlar bo’yicha BMT komissiyasi o’z vaqtida transmilliy kompaniyalarga quyidagicha ta'rif bergan:
Bu kompaniyalar:
- yuridik shakli va faoliyat doirasidan qat'iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakat birligini o’z ichiga oladi;
- bir yoki undan ortiq rahbarlik markazlari orqali umumiy strategiyani amalga oshirish va kelishilgan siyosat yuritish imkonini beruvchi qarorlar qabul qilish tizimi doirasida operatsiyalarda o’zib ketuvchi;
- alohida birliklari bir-biri bilan mulk orqali yoki ulardan biri yoki bir nechtasi boshqasining faoliyatiga, xususan, bilimlarni, rusurslarni va boshqasi bilan majburiyatlarni bo’lishish kabi qandaydir boshqacha tarzda o’zaro bog’langan;
Xalqaro korporatsiyalarning ikki ko’rinishi farqlanadi:
1. Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – kapital bo’yicha milliy (bosh kompaniya bir mamlakatga tegishli bo’ladi) va faoliyat doirasi bo’yicha xalqaro (investitsiyalar dunyoning ko’pgina mamlakatlarida amalga oshiriladi).
2. Multimilliy korporatsiyalar (MMK) – kapital bo’yicha ham, faoliyat doirasi bo’yicha ham xalqaro bo’lgan kompaniyalar (bosh kompaniya kapitali bir necha mamlakatlar kapitaliga tegishli, investitsiyalar ham dunyo bo’ylab amalga oshiriladi).
Ular faoliyati asosan ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshlab, hozirgi davrda yirik TMKlar keng tashqi iqtisodiy ekspantsiya siyosatini yuritmoqda. Masalan, jahon miqyosidagi savdo hajmining qariyb uchdan ikki qismi TMK ulushiga to`g`ri keladi, dunyodagi patentlar, litsenziya va nou-xaularning beshdan to`rt qismi ham ularga tegishli. Mutaxassislarning fikricha, 2014 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo`lib, ularning dunyo bo`yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. Ta`kidlash lozimki, zamonaviy TMKlarga xos bo`lgan xususiyat, bu “ikki andozalik” yondoshuvidir. Bir tomondan ular dunyo iqtisodiy makonining liberallashuvi va demokratlashuvidan manfaatdor bo`lsa, ikkinchi tomondan TMK ichida dunyoda mavjud erkin bozor qonuniyatlari ishlamaydi (bozor asosida emas, balki korporatsiya strategiyasidan kelib chiqib narxlar belgilanadi). Umuman, TMKlar faoliyati o`zlari joylashgan (ro`yxatdan o`tgan) davlat manfaatlari bilan mustahkam bog`langan bo`ladi.
Yirik TMKlar ko`pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta`sir etishga intiladi. Ayrimlari esa muayyan davlatlarning iqtisodiy va siyosiy nazoratidan butunlay xalos bo`lishga va birinchi galda, qanday yo`llar bilan bo`lmasin, o`z moddiy manfaatlarini himoya qilishga harakat qiladi. TMKlar va muayyan mamlakat hukumati o`rtasida ziddiyatlar vujudga kelgan hollarda ular mazkur mamlakatni tark etishib boshqasiga borib joylashadi.
TMKlar faoliyatidan tashvishga tushgan jahon hamjamiyatini tinchlantirish uchun 70-80 yillar mobaynida BMT darajasida TMKlar faoliyatini izga solish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida o`ziga xos ahloq kodeksini ishlab chiqishga urinishlar ko`p bo`lgan. Biroq, bu urinishlar TMK vakillarining qattiq zarbasiga duch keladi va 2016 yilda bu borada olib borilayotgan muzokaralar to`xtatiladi.
Vaholanki, TMKlar faoliyatida ko`pgina, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida quyidagi salbiy holatlar namoyon buladi:
- mamlakatning eskirgan va ekologik jihatdan xavfli texnologiyalar axlatxonasiga aylanib qolish extimoli;
- mamlakat sanoat ishlab chiqarishining eng rivojlangan segmentlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari, istiqbolli mahalliy korxona va firmalarni egallab olinishi xavfi;
- mahalliy kompaniyalarga nisbatan TMK manfaatlariga mos istiqbolli yo`nalishlarni tiqishtirilishi mumkinligi;
- iqtisodiy yoki moliyaviy inqiroz yuz bergan hollarda korxonalarning yopilishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning kuchayishi; Bunday hollarda TMKlar sarmoyasini mamlakatdan olib chiqib ketishga harakat qiladi;
Ma`lum bo`ladiki, TMKlar jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi, zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojiga hissa qo`shsada, milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga salbiy ta`sir etayotganidan ko`z yumib bo`lmaydi.
Xulosa qilib aytganda, jahon xo`jaliklararo aloqalarida TMKlar ancha murakkab va jadal rivojlanib kelayotgan hodisadir. Urushdan keyingi g`arbiy Yevropa, YAponiya va “yangi industrial mamlakatlar”ning bosib o`tgan yo`li shuni ko`rsatadiki, TMKlar bilan raqobatga dosh berish uchun milliy kapital faol tashqi iqtisodiy siyosat olib bora oladigan baquvvat moliyaviy va sanoat tuzilmalariga birlashmog`i lozim.
Bitta partiyaning uzoq davr ustunligi kuzatilgan YAponiya jamiyati ham ko‘p partiyaviy tizimga kiradi. SHuning uchun bu mamlakatdagi tizimni bir partiyaviy tizim bilan adashtirmaslik lozim.
YAponiya, Suriya, Ispaniya kabi mamlakatlarda yakka etakchi partiyani o‘z ichiga olgan ko‘p partiyaviylik tizimining ham foydali ekanligi tajribada sinab ko‘rildi
Dunyo davlatlarining yalpi milliy mahsulotlariga muvofiq ularning ro‘yxati tuzib chiqilsa va TMK ro‘yxati bilan taqqoslansa, iqtisodiy qudratiga ko‘ra «Mitsiu» kompaniyasi 25-o‘rindagi «davlat» bo‘lar ekan, keyin esa: «Mitsubisi» (26), «Itochu» (30), «Su-mitomo» (36), «Toyota»(38) va boshqalar5.
Ba’zi tadqiqotchilar daromadlarning global konvergensiyasi haqida gapirishmoqdalar. Ular bu boradagi fikrlarini qashshoq davlatlarning iqtisodiyoti o‘zib ketgan holda, ya’ni yanada yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani bilan dalillaydilar. Haqiqatda esa ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlar iqtisodiyoti boy davlatlarnikidan ko‘ra ancha past sur’at bilan rivojlanayotgan paytda, tez o‘sish faqat Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlarining (“Osiyo yo‘lbarslari” deb ataluvchi) kamsonli guruhi uchun xos. Ularning globalizatsiyadan oladigan foydasi juda kam, ko‘pincha esa nolga teng.
Natijada nafaqat daromadlarning konvergensiyasi va tenglashtirilishi, balki ularning qutblanishi ham mavjud.

Download 206.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling