Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

2.1.1–жадвал
Buxgalteriya balansi tuzilishi. 
t/r 
Xo‘jalik 
mablag‘lari 
va 
ularning joylashuvi 
Summa t/r 
Xo‘jalik 
mablag‘larining 
tashkil topish manbalari. 
Summa
I. 
Uzoq muddatli aktivlar 
I. 
O‘z 
mablag‘larining 
manbalari 
II. 
Aylanma aktivlar 
II. 
Majburiyatlar
Balans 
Balans 
Jadvalda ko‘rganimizdek, buxgalteriya balansi ikki tomonli ko‘rinishi ega bo‘lib, uning chap 
tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb nomlanadi. Aktiv tomonda xo‘jalik mablag‘larining 
turlari, joylanishi ko‘rsatilsa, passiv tomonda esa shu mablag‘larning paydo bo‘lish manbalari va 
qanday maqsadda ishlatilishi aks ettiriladi. 
Buxgalteriya balansi aktivida ham, passivida ham ikkitadan bo‘lim bor. Balans aktividagi 
bo‘limlar qo‘yidagilar: 
1. Uzoq muddatli aktivlar. 
2. Aylanma aktivlar. 
Buxgalteriya balansining ikkala tomoni ham bir qancha moddalarga bo‘linadi. Buxgalteriya 
balansining moddasi deb iqtisodiy jihatdan bir xil bo‘lgan xo‘jalik mablag‘larining ma’lum turi 
yoki xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbaini balansda aks ettiruvchi ko‘rsatkichga 
aytiladi. 
Aktiv tomondagi balans moddalarining yig‘indi summasi passiv tomondagi balans 
moddalarining yig‘indi summasiga teng bo‘lishi shart. Chunki, balans aktiv va passiv tomonida 
xo‘jalik mablag‘lari ikki tomonlama aks ettiriladi. 


35 
Balans moddalari aktivi va passivi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun va «Hisob 
yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1 – sonli Buxgalteriya hisobini milliy standarti 
bo‘yicha belgilangan tartibda yuritiladi.
Balanslar o‘zlarining mazmuni va qanday maqsadga qaratilganligiga qarab dastlabki, hisobot 
va tugatish balanslariga bo‘linadi. Subyekt o‘z faoliyatini boshlashda dastlabki yoki boshlang‘ich 
balans tuziladi. Bunday balansning aktivida korxonaning tashkil qilinishi paytida berilgan xo‘jalik 
mablag‘lari ko‘rsatilsa, passivida bu mablag‘ qanday mablag‘lardan tashkil topganligiga 
ko‘rsatiladi. 
Hisobot balansi korxonalar tomonidan har bir hisobot davri tugashi bilan tuziladi. Subyektlar 
oylik, chorak va yillik hisobot balanslari tuzadilar. Bu balanslar, odatda, hisobot davridan keyingi 
oyning birinchi kuniga bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari, ularning joylanishi va tashkil topish mabalarini 
guruhlashtirgan holda ko‘rsatadi. Tugatish balansi subyekt tugatilayotgan bo‘lsa, shu tugatilish 
kuniga bo‘lgan uning mablag‘larini, ularning joylanishi va tashkil topish manbalarining holatini 
ko‘rsatish uchun tuziladi.
Buxgalteriya balansining turlari. 
Korxonalar tomonidan tuziladigan buxgalteriya balansini turli belgilari bo‘yicha tasniflash 
mumkin, masalan tuzilgan sanasiga, ma’lumotlarni jamlash hajmiga, subyektlarni 
moliyalashtirilishiga, regulirovka schetlari qoldiqlari hisobga olinganligiga va boshqa belgilariga 
qarab ( keyingi betga qarang).
Tuzilgan sanasiga ko‘ra buxgalteriya balansini quyidagi turlarga ajratish mumkin: kirish 
(yoki ta’sis ) balansi; boshlang‘ich va hisobot balansi; tugatish balansi; birlashtirish va ajratish 
balansi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling