Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

 Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi. 
Ustav kapitalini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraklar ochilgan: 
8310-"Oddiy aksiyalar" 
8320-"Imtiyozli aksiyalar" 
8330-"Pay va qo‘yilmalar". 
Ushbu xdsobvaraqlar passiv hisoblanadi hamda davlat korxonalari ustav fondining
aksionerlik jamiyatlar va shirkatlar ustav kapitalining shakllanishi va uning harakatini hisobga 
oladi. 
Aksiyadorlik sarmoyasi ro‘yxatga olingan hajmda, biroq qali tugallanmagan emissiya 
sifatada hisobda aks ettirilar ekan, e’lon qilingan (chiqarilishga ruxsat etilgan), 
joylashtirilgan (ularga aksiyadorlar obunasi amalga oshirilgan) hamda muomaladagi, ustavga 
muvofiq qo‘shimcha joylashtirilgan oddiy aksiyalarning analitik hisobini yuritish lozim. 
Misol. AJ ustavida 100 so‘mlik nominal qiymatga ega bo‘lgan 20000 dona oddiy aksiyalar 
chiqarishga ruxsat etilgan. 
E’lon qilingan aksiyadorlik kapitaliga quyidagicha provodka beriladi: 
Dt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari"-2000000 so‘m; 


334 
Kt 8310-"Oddiy aksiyalar" - 2000000 so‘m. 
Keyin AJ nominal qiymati bo‘yicha AJ a’zolariga 10000 dona aksiya sotadi, deb faraz 
qilaylik: 
Dt 5110, 5010-"Pul mablag‘lari" - 1000000 so‘m 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari" - 1000000 so‘m. 
Ma’lum vaqt o‘tgach, AJ qolgan 10000 dona aksiyani har bir aksiya uchun 120 so‘m 
evaziga boshqa investorga sotadi. Aksiyalarning sotish va nominal qiymatlari orasidagi 
farq-20 so‘mni tashkil etadi va bu farq 8410-"Emission daromad" hisobvarag‘ida aks ettiriladi: 
Dt 5110, 5010-"Pul mablag‘lari" - 1200000 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari" - 1000000 so‘m; 
Kt 8410-"Emission daromad" - 200000 so‘m. 
Aksiyalarga to‘lovlar aktivlarni berish yo‘li bilan ham uzilishi mumkin. 
Misol. Ta’sischi aksiya qiymati evaziga avval foydalanishda bo‘lgan transport vositasini 
ustav kapitaliga hissa tariqasida kiritdi. Ushbu transport vositasi avval xizmat qilganligi tufayli 
uning bozor bahrsini aniqlash qiyin bo‘ldi. Ta’sischilar o‘zaro kelishib, aksiyadorga ushbu trans-
port vositasi uchun 1000 ta oddiy aksiya berishdi, aksiyalarning nominal qiymati 200 so‘m, 
bozor qiymati 250 so‘m. 
Mazkur holatda AJ hisobidagi transport vositasining qiymati - 250000 so‘m (250x1000) 
bo‘ladi. 
AJ mol-mulkidagi aksiyador ulushi - 200x1000=200000 so‘m, aksiyalarning bozor va 
nominal qiymatlari orasidagi 50000 (250000-200000) so‘mlik farq emission daromadni tash-kil 
qiladi. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beriladi: 
Dt 0160-"Transport vositalari" - 250000 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari" -200000 so‘m; 
Kt 8410-"Emission daromad" - 50000 so‘m. 
Aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan 
AJ ustav kapitalini oshirish, aksiyalar nominal qiymatini kamaytirish yoki ularning umumiy 
sonini qisqartirish, shu jumladan, aksiyalarning ma’lum qismini so‘ndirish yo‘li bilan 
jamiyatning o‘zi sotib olishi orqali ustav kapitalini qisqartirish amalga oshiriladi. 
8610-hisobvaraqda sotib olingan xususiy aksiyalar ustav kapitali hisobvarag‘iga nisbatan 
kontrpassiv hisoblanadi va u AJning kapitalini kamaytiradi va shu sababli balansda ustav 
sarmoyasidan chegiriladi. AJ quyidagi sabablarga Ko‘ra o‘z aksiyalarini qayta sotib olishi 
mumkin: 
-aksiyalar kursini maqbul darajada ushlab turish uchun; 
-har bir qolgan aksiyaga dividendlarni oshirish uchun; 
-o‘z xodimlari orasida aksiyalarni tarqatish yoki qolgan aksiyalar nominal qiymatini 


335 
oshirish uchun; 
♦ boshqa firmalar tomonidan nazorat o‘rnatish uchun aksiyalarning sotib olinishini bartaraf 
etish maqsadida. 
Xususiy aksiyalar sotib olinganida quyidagicha provodka beriladi: 
Dt 8610-"Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar"; 
Kt 5110-"Hisob-kitob schyoti". 
Aksiyadorlar qaroriga ko‘ra ustav kapitali hajmini sotib olingan aksiyalar nominal qiymati 
summasiga ularni yo‘q qilish yo‘li bilan kamaytirish mumkin: 
Dt 8310-"Oddiy aksiyalar"; 
Kt 8610-"Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar". 
Davlat korxonalarining ustav fondining hajmi uning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish 
uchun davlat tomonidan belgilangan mol-mulk summasiga mos keladi. Mazkur miqdor ta’sis 
hujjatlarida qayd qilingan miqdorga muvofiq bo‘lishi lozim. 
Davlat korxonasi ustav fondini shakllantirish bo‘yicha provodka quyidagicha bo‘ladi: 
Dt 0110-0190-"Asosiy vositalar"; 
Dt 1010-"Xom-ashyo va materiallar"; 
Dt 5010, 5110-"Pul mablag‘lari"; 
Kt 8330-"Paylar va ulushlar". 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) ustav kapi-taliga qo‘yilmalar ustav kapitalidagi 
ishtirokchilarning ulushini tashkil qiladi. 
Misol. "Dono" MCHJni tashkil qilish paytida 500000 sum miqdorida ustav kapitali 
ro‘yxatga olingan. Qodirov.B. va Aliyev M. MCHJning muassislari hisoblanishadi. 
'MCHJning ustav kapitalida Qodirov.B.ning ulushi 60%ni, Aliyev M .ning ulushi 40%ni tashkil 
qiladi. 
Hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan keyin bu muomala hisobda quyidagicha aks 
ettiriladi: 
Dt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Qodirov.B ning qarzi" - 300000 so‘m; 
Kt 8330-"Paylar va ulushlar" Qodirov.B qo‘yilmasi - 300000 so‘m; hamda 
Dt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Aliyevning qarzi"-200000 so‘m; 
Kt 8330 "Paylar va ulushlar" Aliyev M.ning qo‘yilmasi - 200000 so‘m. 
Har bir ishtirokchi (muassis) MCHJga ta’sis shartnomasiga muvofiq biron-bir aktivni 
kiritadi. Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari yakka egalikdagi 
yozuvlarga aynan o‘xshash bo‘ladi, muassislar bo‘yicha taxliliy hisobgina zarur. 
Misol. Qodirov.B o‘z qo‘yilmasini transport vositasi ko‘rinishida (300000 so‘m) kiritdi: 
Dt 0160 -"Transport vositalari" - 300000 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badal bo‘yicha Kodirovning qarzi" 300000 so‘m. 


336 
Aliyev M. o‘z qo‘yilmasini xom-ashyo ko‘rinishida (200000 so‘m) kiritdi: 
Dt 1010-"Xom-ashyo va materiallar" - 200000 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badal bo‘yicha Aliyevning qarzi" - 200000 so‘m. 
Ta’sischilarning qaroriga muvofiq ustav kapitali miqsori oshishi mumkin. Ustav 
kapitalining oshirilishi ta’sischilarning qo‘shimcha qo‘yilmalari hisobiga yoki taqsimlangan 
foydadan ajratma qilish hiso-biga bo‘lishi mumkin. 
Ba’zi hollarda MCHJga yangi muassis kelib qo‘shilishi mumkin. Bu quyidagi yo‘llar orqali 
yuzaga keladi: 
-ustav kapitali ulushini bitta yoki bir necha sherikdan sotib olish yo‘li bilan; 
-qo‘shimcha sarmoya kiritish yo‘li bilan. 
Biroq har ikkala holatda ham yangi muassisning kelib qo‘shilishi jamiyatning barcha 
a’zolari tomonidan ma’qullanishi lozim. 
Birinchi holatda sarmoya sotib olingan ulushi ol-dingi muassis sarmoyasi 
hisobvarag‘idan yangisinikiga o‘tkaziladi. 
Misol. Qodirov B o‘zining 100000 so‘m miqdordagi ulushini Norovga sotdi: 
Dt 8330-"Ustav kapitali Kodirov.B qo‘yilmasi" -100000 so‘m; 
Kt 8330-"Ustav kapitali Norov S.qo‘yilmasi" -100000 so‘m. 
Ikkinchi holatda yangi muassis mavjud sarmoyaga qo‘shimcha sifatida ustav kapitaliga o‘z 
ulushini qo‘shganda muassislar ulushlarining foiz nisbati o‘zgaradi. 
Misol. 500000 so‘m miqdorida ro‘yxatga olingan ustav ka-pitaliga ega bo‘lgan va 
muassislari ulushi: Qodirov.B niki - 60%, Aliyev Mniki - 40% bo‘lgan "Dono" MCHJ yangi 
a’zo Hasanov B.ni jalb etish hisobiga o‘z ustav kapitalini 600000 so‘mgacha oshirishga qaror 
qildi. Mazkur holatda ulushlar nisbati o‘zgaradi va quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Qodirov.B - 50% (300000/600000); 
Aliyev M 33,3% (200000/600000); 
Norov S.- 16,7% (100000/600000). 
MCHJ ustav kapitali miqdorining ko‘payishi taqsimlanmagan foyda hisobidan ham 
bo‘lishi mumkin. Bu holatda quyidagicha yozuv qilinadi: 
Dt 8710-"Hisobot davri taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" 
Kt 8330-"Paylar va ulushlar". 
MCHJda muassis jamiyat tarkibidan chiqishga hamda o‘z ulushini olishga qaror qilganda 
quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi: 
Dt 8330-"Paylar va ulushlar"; 
Kt 6620-"Chiqib ketayotgan muassislardan ulush-lari bo‘yicha qarzlar". 
Agar muassis chiqib ketayotgan paytda MCHJ ma’lum jamgarilgan foydaga ega bo‘lsa, u 
holda ta’sis hujjatlariga belgilangan nisbatga muvofiq muassislarning unga ham haqqi bor. 


337 
Dt 8720- «Jamg‘arilgan foyda». 
Kt 6620-"Chiqib ketayottan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar". 
Muassis chiqib ketayotganida olgan jamgarilgan foyda summasidan olgan jismoniy 
shaxslardan undiriladigan daromad solig‘ini to‘lashi lozim. 
Muassis ustav sarmoyasidan o‘z ulushini olib chiqib ketayotganida hech qanday 
chegirma va ajratmalarsiz ham olib chiqib ketishi mumkin. 
Muassis chiqib ketayotganida uning qarzining so‘ndirilishiga quyidagicha provodka 
beriladi: 
Dt 6620-"Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar" 
Kt 5010, 5110-"Pul mablag‘lari". 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling