Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari


Download 191.71 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi191.71 Kb.
#1837947
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 mavzu

jadval


T turkumi (inson terisi jarohatlanishi)

Z turkumi (o’tkir kasallanish)

D turkumi (har xil holatlarda shikastlanish

Jarohatlanish T01 Kuyish T2 Sovuq urishi T3
O'lim bilan tugagan holat L

O'tkir kasb kasalligi Z1 Zaharlanish Z2
Issiq urishi Z3
O'lim bilan tugagan holat L

Tabiiy ofatlar D1
Hayvonlar va har xil hashoratlar bilan aloqalar D2 Chaqmoqdan zararlanish D3 O'lim bilan tugagan holat L

Endi xavf—inson uchun xavf-xatar omili va moddiy zarar manbasi sifatlarini ko'rib o'tamiz. Xavf so'zi birmuncha ko'proq ma'noni anglatadi. Masalan, qurilmalarda portlash va kuyish xavfi bor deyilganda asosan kelib chiqishi mumkin bo'lgan favqulodda hodisa tushuniladi. U yerda xavf va uning kelib chiqishi
mumkinligi sinonim sifatida shakllanadi. Boshqa qurilmalarda, masalan, «bosim ostidagi idish xavf tug'diradi», «elektr tarmog'ida qisqa to'qinish xavf tug'diradi» shakllarida salbiy emotsiya shaklida qo'rquvni vujudga keltiradi. Bu yerda «xavfni tashkil qiluvchilari» «qo'rqinch ehaqiruvchilari» sifatida shakllanadi. Agar, mabodo «mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi yoki aylanuvchi qismlari xavf tugfdiradi» deyil-sa, bunda xavf umuman yaqqol namoyon bo'lgandek bo'ladi. Shuning uchun xavf tushunchalarini quyidagicha tarkibiy qismlarga bo'lib qarash mumkin:
Xavf - favqulodda hodisa-baxtsizlik bo'lishi mumkinligi va favqulodda hodisalarning baxtsizlikka olib borish imkoniyati.
Xavf manbasi — xavfli vaziyat qanday va qayerdan kelib chiqishi mumkinligini ta'kidlovchi holat.
Zarar keltiruvchi omil — zararlovchi omilning namoyon bo’lishi.
Shunday qilib, «Xavf tushunchasi xavfli holat manbayi mayjud bo'lganda muhofaza vositalari bo'lmagan holatni ham o'z ichiga oladi. Muhofaza vositalari va oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilganda xavf manbayidagi xavflilik darajasini birmuncha oshirish yo'li bilan bo'lishi mumkin bo'igan xavfning kamayishiga erishilgan bo'lar edi. Masalan, elektr tokini o'tkazuvchi elektr simlarini izolatsiya Jqilish yoki mashina-mexanizmlar aylanuvchi qismlarini qopqoqlar bilan ta'minlash xavfli holat saqlangani bilan umumiy holatni kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Xavf bo'lmagan sanoat korxonasi bo'lmaganidek, xavf bo'lmagan mashina- mexanizmi ham topib bo'lmaydi. Shuning uchun xavfni xavfsizlikka qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan uni kamaytirish imkoniyatlari qidiriladi. Shuning uchun ham xavf manbai ma'lum tavakkallik yo'li bilan xavfsizligi ta'minlangan bo'lsa, uni xavfsiz deb hisoblash mumkin, Bunda tavakkallik ma'lum quvushqon ichida bo'lishi talab qilinadi. Tavakkallik baxtsiz hodisaga olib keliahi mumkin bo'igan holatlar xavfli zona deb yuritiladi.
Hozirgacha biz xavf haqida uni kelib hiqishigacha bo'igan holatlar haqida so'z yuritdik. Xavf sodir etilgandan keyin xavfsizlik haqida gapirish noo'rin, endi so'z baxtsiz hodisa sabablari va uning yetkazgan zarari, shuningdek, xavf manbayi haqida borishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xavfli vaziyatni tahlil qilish birinchi navbatda potensial zarar keltiruvchi faktor va potensial favqulodda holat manbayi sifatida qaralishi kerak. Potensial zararli omil ma'lum bir muddatgacha qorong'i va mavhum holatda bo'lib lqolishi mumkin. Uni idrok etish va aniqiash oson emas. Potensial zararli omil ba'zi bir muddatgacha noaniq, nazarimizdan chetda bo'lishi mumkin. Uni idrok etish yoki aniqiash oson emas. Ammo bir qancha potensial holatlar orasidan, bular bir-biri bilan bog'langan zanjir hosil qilgan bo'lishidan qat'i nazar, eng ko'p zarar yetkazishi mumkin bo'igan potensial xavfli holatni aniqiash va idrok etish mumkin yoki shunga yaqin keladigans holatni xavfli holatga -yaqinlashtirish imkoniyatlari bo'ladi. Bunda bu holat hamma xavfli
6
omillar ildizini tashkil qilisliini va favqulodda hodisaning asosi bo'lishini asoslash mumkin. Quyidagi jadvalda bunga misol keltirilgan:
17 jadval

Xavfli omil manbayi

Xavf (potensial favqulodda hodisa)

Zararlovchi omillar

Bosim ostida

Mexanik portlash

Idish

gaz

Idishdan gaz

parchalari

saqlanuvchi

chiqib ketishi

otilib ketishi

idish

Korpusga tok

Zaharli gaz

Elektr

o’tib ketishi

Elektr toki

qurilmasi

Tros uzilishi

ta’siriga

Yuk ko’tarish

Zonasiga tushib

Tushib

krani

qolish

qolish

Yadro

Kimyoviy

Yuk ta’siriga

qurilmasi

portlash

tushish

Portlovchi




Radiatsiya

aralashma




Portlash zarbasi

Bu jadvaldan uch turkumga bo'lish albatta shartli bo'lib, bundan qaysi maqsadda shart qo'yilganiga qarab ajratish mumkin. Masalan, otilib ketayotgan idish parchalarini xavf manbayiga ham potensial favqulodda hodisaga ham kiritish mumkin. Bunda bu uchayotgan parcha odamga tegsa, potensial favqulodda hodisa bo'ladi, aslida esa odamni zararlovchi omil bu uchuyotgan parcha hosil qilgan kinetik energiyasi hisobiga bo'layapti.
Favqulodda baxtsiz hodisa shunday holatlar yaratishi mumkinki, uni son ko'rsatkichini aniqlash mushkul. Chunonchi o'lim bilan tugagan, umrni qisqarishga olib kelish, sog'liqqa zarar yetishi, tashqi muhitga zarar yetishi, ishlab chiqarishda tartibsizliklar paydo bo'lishi va boshqalar. Bundan tashqari yetkazilgan zarar miqdorini ham bir xil o'lchash imkoniyati yo’q. Ya'ni qancha odam jarohatlangan, zararlangan moddiy boyliklarning ko'p-kamligi va qiymatini ham aniqlash qiyinchilik tug'diradigan omillar hisoblanadi. Shuning uchun bunday omillar yetkazilgan zarar tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuni ham aytib o'tish joizki, baxtsiz hodisalarni son va sifat ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi. Odam hayotini pul bilan o'lchash albatta qabohat hisoblansa ham «Hayot faoliyati xavfsizligi» nuqtayi nazaridan buni bajarishga to'g'ri keladi, bunda uni qiymatini asoslovchi ekvivalentlarni topish muhim vazifa sanaladi.

    1. Xavfhing son ko'rsatgichi


7
Tavakkalni baholash. Tavakkallik deganda, biror bir vazifani bajaiganda
iqtisodiy foydani ko'zlab xavfsizlik texnikasi qoidalarining ba'zi bir nuqtalarini inkor qilgan holda bajarish holati tushuniladi. Tavakkalni har xil holatlar uchun ayrim qabul qilinadi. Masalan, xavfli vaziyat xavfi jarohat olish bilan bo'lishi aniq ko'rinib tuigan holat va odam sog'lig'iga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holat. Bunda birinchi holatda xavfli vaziyat xavf manbayi potensial xavf tug'diruvchi omil sifatida bu qanday xavf bo'lishidan qat'i nazar (odam organizmiga, moddiy zarar yoki atrof-muhitni zararlashi) tezda qisqa muddatda ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi holatda esa xavf manbayi uzoq muddat davomida uzluksiz ta'sir ko'rsatib boradi.
Agar tavakkal qabul qilingan ishda beradigan zarar shaxsiy mulkka va moddiy yo'qotishga borib taqalsa, unda uni pul bilan o'lchanadi. Ammo unutmaslik kerakki, avariya bo'lgan taqdirda yetadigan zarar bir maromda va bir xilda bo'lmasligini inobatga olib, ularning keyingi qiyoslari tavakkalni ehtimollari asosida aniqlanadi. Jumladan, agar yetadigan zararni hisoblash qiyinchilik tug'dirsa, unda tavakkalni chegara miqdor asosida hisoblanadi.
Agar yetadigan zarar sog'lig'iga ta'sir qiladigan bo'lsa, uning hisobi yo'qotilgan kunlar uchun to'lov qog'oziga va uning ish joyida vaqtincha almashtiigan kishi uchun to'lov sifatida hisoblanadi. Bu haqiqiy holatni aniq belgilamaydi. Agar baxtsiz hodisa o'lim bilan tugagan bo'lsa, uni hisoblash masalasi yanada qiyinlashadi. Shuning uchun tavakkal, agar baxtsiz hodisa bilan bog'liq bo'lsa, uni tavakkalni ehtimollar asosida baholanadi.
Shunday qilib, tavakkalning o'lchov birligi odam sog'ligiga va shaxsiy mulkiga xavf solgan taqdirda har xil bo'ladi. Shuning uchun, agar bir vaqtning o'zida ham sog'lig'iga ham shaxsiy mulkiga xavf tug'iladigan bo'lsa, unda tavakkalni vektor ko'rinishida koordinat o'qlari bo'yicha har xil o'lchovlarda yozish mumkin:
R=U*P,
bu yerda o'ng tomondagi ko'paytmada hamma shartlar hisobga olinganligi uchun, tavakkalni qiyoslash imkoniyati mavjud.
Tavakkalni shaxsiy va umumiy turlarga bo'lib qaraladi. Shaxsiy tavaklcal favqulodda hodisa natijasida yetkazilgan zararning kutilgan miqdori U* ma'lum. T vaqt mobaynida M miqdordagi odamlar guruhiga nisbatan olinadi. (Agar shaxsiy tavakkallik ko'rsatilayotgan bo'lsa, odamlar soni ko'rsatilgan bo'lishi kerak).
R=U*/(T*M).
Bir guruh odamlar uchun umumiy tavakkallik (kollektiv tavakkallik):
R=U*/T.
Har qanday odam ma'lum bir sharoitda va deyarli hamma odamlar ham, ma'lum sharoitda tavakkallik holatini boshidan kechiradi.



    1. Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari

Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong'in xavfsizligi qoida, me'yor va tavsiyanomalariga rioya qil-maslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasallik-lariga olib kelishi mumkin.
8
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiklik va elektr ta'siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarohatlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issikdikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o'tkir zaharlanish va elektr toki ta'sirida organizmning ba'zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi. Jarohatlanish uch turga bo'lib qaraladi. Birinchisi ishlab chiqa-rishda, ish joyida jarohatlanish, ikkinchisi ish bilan bog'langan, lekin ishlab chiqarish bilan bog'lanmagan jarohatlanish va uchinchisi ishlab chiqarish va ish bilan bog'lanmagan jarohatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jarohatlanishga, ishchi ma'muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish borasida ish joyida sexda, zavod hududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba'zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishga ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma'muriyatining topshirig'iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba'zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlar kiradi.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo'lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o'g'irlash va boshqa shunga o'xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo'lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo'lgan har qanday baxtsiz hodisaga javobgar hisoblanadi. Ma'muriyat birinchi ikki turdagi baxtsiz hodisa, ya'ni jarohatlanish ishlab chiqarish bilan bog'langan taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo'qotilgan kunlari uchun to'liq haq to'lanadi.
Agar baxtsiz hodisa u ma'muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitini yaratish sohasida yo’l qo'yilgan xato orqasida bo'lmay, balki ishchining mehnatni muhofaza qilish qoida va me'yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo'lsa, unda ishchi ham ma'muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to'lov miqdori ma'muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan jarohatlanishdan yo'qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to'lanishi kerak deb belgilangan.
Sanoat sanitariyasi me'yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta'siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta'sir qilish natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaharlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o'tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig'ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib
9
keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan, hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimning ortiq yoki kam bo'lishi natijasida kesson yoki tok kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta'siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig'lanish va zaharli moddalar ta'siridan dermatit va yazva kasalliklari kelib chiqadi.
Ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari bizning jamiyatimizda toqat qilib bo'lmaydigan hoi hisoblanadi. Agar bunday hol yuz berar ekan, uni sanoat korxonasida yo'l qo'yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish umumiy o'rnatilgan qat'iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo'lga qo'yilgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, bunday baxtsiz hodisa va kasb kasal liklarining qaytarilmasligi uchun chora-tadbirlar ko'rish imkoniyatini yaratadi.

    1. Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni va kasb kasal- liklarini tekshirish va hisobgaolish

O’lim bilan tugagan, og'ir jarohatlanish va gruppa bilan baxtsiz hodisaga uchragan hollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni tekshirishni sex boshlig'i, xavfsizlik texnikasi injeneri va jamoat nazoratchisi tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ishdan keyin, ish joyida, zavod hududida va ma'muriyatning topshirig'iga asosan zavod hududidan chetda yuz bergan bo'lishidan qat'i nazar tekshirilishi lozim. O'tkir zaharlanish, issiq urishi va tananing ba'zi qismlarining muzlashi baxtsiz hodisa sifatida tekshiriladi.
Bir kundan kam bo'lmagan ish kunini yo'qotgan baxtsiz hodisalar 24 soat davomida tekshirilib, maxsus forma bo'yicha (N-I) 4 nusxada akt tuziladi.
Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari, aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar qurilganligi haqida axborot beriladi.
Aktni korxonaning bosh injeneri tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi sex boshlig'iga yuboriladi va u bosh injener belgilagan muddat davomida aktda ko'rsatilgan mehnatni muhofaza qilish masalalarini amalga oshirishi kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo'mitasiga, uchinchisi tegishli kasaba uyushmasining texnik nazoratchisiga va to'rtinchisi mehnatni muhofaza qilish bo'limiga nazorat o'rnatish uchun yuboriladi. Ma'muriyat baxtsiz hodisaga uchragan kishiga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hisobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanishi kerak.
Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin sanoat korxonasi ma'muriyati yo'l qo'yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta'minlashga qaratilgan buyruq e'lon qiladi. Bu buyraqda korxonada yuz bergan baxtsiz hodisaning kelib chiqishiga aybdor
10
bo'lgan kishilarning javobgarligi aniqdanib, ta'kidlanadi.
Baxtsiz hodisa o'lim bilan tugasa, gruppa bilan baxtsiz hodisaga uchrasa va og'ir jarohatlangan hollarda, tekshirish maxsus belgilangan tartib bilan o'tkaziladi. Bunday baxtsiz hodisalarni maxsus komissiyalar tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi, yuqori xo'jalik tashkilotining xodimi, davlat nazorat organlari xodimlari va umumiy baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etadigan xodimlar qatnashadi.
Bunday holatlarda tekshirish tezda o'tkazilishi kerak, ya'ni tekshirish materiallari 7 kun ichida tayyor bo'lishi shart. Aktga baxtsiz hodisani ko'rgan guvohlarning ko'rsatmalari, tibbiy ekspert xu-losasi, baxtsiz hodisa yuz bergan joyning hamda agar baxtsiz hodisa vaqtida biron bir obyekt zararlangan bo'lsa, ularning fotosurat va komissiya chiqargan xulosalarni tasdiqlaydigan boshqa materiallar qo'shib yuboriladi. Aktga, shuningdek, baxtsiz hodisaga javobgar bo'lgan shaxsning familiyasi va lavozimi yozib qo'yiladi.
Og'ir, gruppa bilan jarohatlanganlar va o'lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar albatta fabrika, zavod kasaba uyushmasi qo'mitasida va yuqori xo'jalik tashkilotlari kasaba uyushmalari qo'mitalarida tahlil qilish va ko'rib chiqilishi kerak. So'ngra bildirilgan fikr-mulohazalar asosida keyin ham shunday baxtsiz hodisa ro'y bermasligi uchun umumiy chora-tadbirlar mundarijasi ishlab chiqilishi va qaror bilan tasdiqlanishi zarur.
O'zbekiston Respublikasida kasbiy zaharlanish va kasb kasalliklari oldini olish uchun kerakli qonun va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va tasdiqdash, shuningdek, kasb kasalliklari vujudga kel-ganda ularni hisobga olish va tekshirish ishlari O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tashkilotlariga topshirilgan. Kasbiy zaharlanish va kasb kasalligi haqidagi akt korxona rahbariga yuboriladi. Aktda bunday kasalliklarning qaytarilmasligini ta'minlovchi chora-tadbirlar majmuasi tavsiya etiladi va uning bitta nusxasi Respublika Sog'liqni saqlash vazirligining yuqori tashkilotlariga yuboriladi.
Baxtsiz hodisaga uchragan kishi hisobga olinib, unga ma'lum davolanish kursi belgilanadi. Agar zarur bo'lsa, kasb kasalligiga uchragan kishini mehnat ekspert tibbiyot xodimlari komissiyasi (VTEK) ga yuboriladi va unda uning kasb kasalligining oqibati natijasida nogironlik guruhi aniqlanadi va shunga yarasha ma'lum moddiy ta'minlanish miqdori belgilanadi.



    1. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o’rganish usullari

Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni va baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaruvchi xavfli holatlarni hamda baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo'ladigan omillarni aniqlash, ularni yo'qotish chora- tadbirlarini ko'rishga qaratilgan. Bu ishlar asosan,oqilona ish usullarini qo'llash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo'ladigan ish sharoitini tashkil qilish
hisobiga amalga oshiriladi.
11
Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi.

      1. Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishining materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu usul sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy material bo’lishdan tashqari, baxtsiz hodisalarni kamaytirishda chora- tadbirlar ko'rish uchun amaliy ma'lumot beradi. Bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsiyenti va jarohatning og'irligi koeffitsiyentining o'rtacha ko'rsatkichini olish imkoniyatini beradi.

Baxtsiz hodisalarning takrorlanish koeffitsiyentini, 1000 ishchi hisobiga, ma'lum vaqt davomida sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarning o'rtacha miqdorini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
bunda, P — ma'lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni; T — shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni.
Jarohatlanish koeffitsiyenti mashinasozlik sanoatining qaysi korxonasida baxtsiz hodisalar ko'proq vujudga kelayotganligi haqida ma'lumot beradi.

12
Baxtsiz hodisaning og'irlik koeffitsiyentini, ya'ni har bir jaro- hatlanishning o'rtacha yo'qotilgan ish kunlari hisobini ko'rsatuvchi K ni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:


bunda, П — hamma baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo'qotilgan ish kunlari soni; P — shu davrda baxtsiz hodisaga uchraganlar soni.


Shuni aytib o'tish kerakki, bu ko'rsatkich haqiqiy og'ir jarohatlanish belgilarini ko’rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o'lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar kiritilmagan. Yo'qotilgan mehnat qobiliyatining ishchi kun miqdorini 1000 kishiga keltirib, quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

bu ko'rsatkich orqali jarohatlanish dinamikasi va baxtsiz hodisaning og'irlik asoratini aniqlash mumkin.


Statistika usulini ikkiga bo'lib qarash qabul qilingan: bular gruppa usuli va topografiya usulidir.

Download 191.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling