Ishlab chiqarishdagi shovqin va vibratsiyani


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana18.12.2022
Hajmi1.11 Mb.
#1027544
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-Amaliy mashg\'ulot

Umumiy ma’lumotlar
20-asr
70-yillarida
shahar
koʻchalaridagi Sh. 60—70 detsibelni tashkil
qilgan, 21-asr boshida bu koʻrsatkich 100
detsibel va bundan yuqori qiymatga yetdi
.


Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo’shilib
eshitilishi
shovqin
deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa
tarang muhitdan kelib chiqadigan to’lqinsimon harakatlardan iboratdir. U tovush
chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo’ladi va bizning eshitish organimiz
tomonidan qabul qilinadi.
Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada
og’riq turgizadi va quloq shang’ib asab sistemasiga ham yomon ta’sir qiladi. Ayniqsa
fikrni to’plab, aqliy ish bilan shug’ullanishiga imkon bermaydi, butun diqqat-e’tiborni
berib ishlash lozim bo’lsa, ish qobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin.
Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab
sistemasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniqsa qattiq va kuchli tovushlar,
shuningdek to’xtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir
qiladi.
Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan hazm qilish (oshqozon
shirasi sekretsiyasining o’zgarishi), qon aylanishi (qon bosimning ko’tarilishi) va shunga
o’xshashlarning normal faoliyati buziladi.


Shovqin kelib chiqishi bo’yicha asosan uch xil bo’ladi:
1. Sanoat shovqin.
2. Transport shovqini.
3. Maishiy shovqinlar.
Shu bilan birga gaz va suyuqliklarning harakati natijasida ham shovqin
chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar
aerodinamik shovqinlar
deb ataladi.
Shovqin darajasi yuqori bo’lgan sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy
kasallik “shovqin kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga ayrim ish joylarining
surunkali titrashi natijasida “vibratsion kasalik” ham uchrab turadi.
Shovqin, titrash va ultra-infratovush qattiq jism, gaz hamda suyuqlik
moddiy qismlarning mexanik tabranishlaridir. Ruxsat etilgan chekli sanitariya
talablaridan ortiq bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrashlari va ultra-
infratovushlari muntazam ravishda ta’sir etganda odam organizmiga zararli
ta’sir qilib, keyinchalik og’ir kasbiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Sukunatni buzadigan yoki foydali tovushni eshitishga xalaqit beradigan
har qanday tovush
shovqin
deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan
shovqinlar odamning ahvoliga yomon ta’sir qiladi, tez charchatadi, asab va
yurak-tomir sistemasi ishini buzadi.
Eshitish infratovush bilan og’riqning boshlanishi o’rtasidagi oraliq
bo’lib, u taxminan 140 dB ni tashkil etadi .




Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling