LASER METALL KESHISH DASTGOHI
2022-yil boshidan “Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi Markaziy laboratoriya 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan uskunalarni almashtirish” loyihasi asosida zamonaviy yangi F2000 modelli laser yordamida metal kesish dastgohini xarid qildi. Laboratoriya faoliyati davomida metallarga ishlov berish jarayonida ushbu laser metal kesish dastgohidan foydalanish jarayonida laboratoriyada ishlab chiqarish unimdorligi 2 barobarga oshdi.
Quvvati 1500 W ga va ishchi maydoni 3000*1500mm o‘lchamli laser metall kesish dastgohi yordami metallarga ishlov berish ancha qulay, sifatli va kam vaqt talab qiladi. Misol tariqasida oladigan bo‘lsak laboratoriyada faoliyat yuritayotgan ishchi hodimlar bajaradigan bir kunlik ish hajmini laser metal kesish uskunasi yordamida atigi bir necha soatlar ichida bajarish hamda laboratoriya sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lmagan murakkab metall detallarni tayyorlash imkonini yaratdi.
Laser metal kesish dastgohidan foydalanish natijasida ish hajmining unimdorligi quyidagi jadval asosida o‘zgardi:
|
2021-yil
|
2022-yil
|
2023-yil
|
Yillik ishlab chiqarish hajmi
|
45647 dona
|
57075 dona
|
14366 dona (1.5 oy)
|
1 oylik o‘rtacha ishlab chiqarish hajmi
|
3804
|
4756
|
7183
|
Laser metal kesish dastgohidan foydalanish natijasida laboratoriyada ish unundorligi quyidagi grafik asosida oshib bormoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |