Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati


- Ishchilar, xizmatchilar va boshqa xodimlar


Download 0.69 Mb.
bet3/3
Sana14.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1462445
1   2   3
Bog'liq
Abdulaziz

- Ishchilar, xizmatchilar va boshqa xodimlar

Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta'sir ko’rsatadilar va boshqarish sub'ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta'sir ko’rsatadigan ishchilar:
  • boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob'ekti (odamlarni boshqarish);

  • boshqariladigan tizimda boshqarishning sub'ekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadilar

Ishchilar
Odamlarni
boshqarish nuqtai nazardan-bu
Buyumlarni boshqarish nuqtai nazardan-bu
Ob’еkt
Sub’еkt
Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish
Mahsulot sifatini boshqarish deganda, buyumlarni
iste'molchilar talablariga butunlay mos keluvchi sifat
tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta'minlovchi maqsadga
qaratilgan faoliyat tushuniladi. Mahsulot sifatini baholash
va uni boshqarish zaruriyati:
  • rejalashtirish va istiqbolni belgilashda;
  • yangi mahsulot yaratish variantini tanlashda;
  • normativ (me'yoriy) hujjatlarni ishlab chiqishda;
  • mahsulot sifatini nazorat qilishda;
  • mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;

Sifatli tovar deganda uning mustahkamligi, chidamliligi, iste'mol xususiyatlari, tashqi ko’rinishi standartlashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o’zida jam etgan tovar tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma'lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur iste'mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo, ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon bo’ladi.
Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida qayg’urishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
  • ishlab chiqarishgacha - konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni ishlab chiqish va hk.;
  • ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga yo’l qo’ymaslik;
  • ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat ko’rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish.

  • Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat:
  • kelayotgan xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni tekshirishdan iborat bo’lgan kirish nazorati;
  • ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat ehtiyot yoki joriy nazorat;
  • tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo’linadi.

  • Sifatni nazorat qilish - mahsulot sifati ko’rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonun. – T., 15.02. 1991.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 2000 йил, 5-6 – son.
3. Menejment- N.K.Yo’ldoshev “O`ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATI” Toshkent 2018

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling