Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari: kombinasiyalashuv. Iqtisodiy-geografik o’rin, siyosiy-geografik o’rin


Download 35 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi35 Kb.
#108428
Bog'liq
22-variant


22-variant

  1. Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari: kombinasiyalashuv.

  2. Iqtisodiy-geografik o’rin, siyosiy-geografik o’rin.

  3. P. Xaggetning geografiya faniga qo’shgan hissasi.




        1. Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari: kombinasiyalashuv.

Kombinatsiya kombinatlash kooperatsiyaga o`xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu yerda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning xududiy umumiyligi tushuniladi. Shu sababli kombinatsiyada kooperatsiyadan farqli o`laroq ko`proq xududiylik namoyon bo`ladi. Bu ikki yuzaki qaraganda bir —biriga o`xshash tushuncha o`rtasida boshqa farqlar ham bor. Xullas, bu shaklni kaerda «kombinat» so`zini uchrasak uni usha sohada ko`rasiz, xatto aholiga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy xizmat kombinatlari).

Sanoatda kombinatlar bir necha texnologik jixatdan bog`liq bo`lgan zavod yoki sexlardan tashkil topgan bo`ladi. Chunonchi qora metallurgiya kombinatlari aniqrog`i to`la siklli kombinatlar cho`yan po`lat va prokat ishlab chiqaruvchi zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo`lmasa u holda kombinat to`liq siklga ega emas (Bekoboddagi O`zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday korxonalardandir) To`qimachilik kombinatlari yigiruv bo`yoqlash, tayorlash sexlaridan iborat xom ashyo bitta —paxta tolasi yoki pilla maxsuloti. Go`sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha maxsulot go`sht konserva, kolbasa kabi boshqa maxsulotlar olinadi. Uning chiqindisidan masalan, suyak va qondan qishloq xo`jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlagandan so`ng charm - poyafzal sanoatida ishlatiladi. O`rmon, sement —shifer kimyo kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa markazlashgan issiqlik elektr stantsiyalari ham kombinat hususiyatiga ega chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug`) beradi.

Shunday qilib kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko`pchiligiga xosdir. Faqat mashinasoziqda «kombinat» so`zini uchratmaymiz, ammo moxiyatan bu yerda ham u mavjud zotan metalldan asosiy maxsulot bilan bir qatorda xalq iste`mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba`zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi va shunga o`xshash turli xil xalq iste`mol mollarini ham ishlab chiqaradi. Umuman olganda ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o`zaro bog`liq. Chunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish buginlari ham u yoki bu ko`rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq bu yerda ularning bir joyda to`planganligi, yig`ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo`lishi lozim, aks holda tom ma`noda mujassamlashuv bo`lmaydi.


2. Iqtisodiy geografik o‘rin. Har qanday davlatning rivojlanishini tashqi iqtiso­diy aloqalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar miqyosi esa xalqaro mehnat taqsimoti, qolaversa, iqtisodiy geografik o‘rin imkoniyatlariga bog‘liq. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida yirik xalqaro savdo yo‘llari muhim omil bo‘lgan.

Iqtisodiy geografik o‘rin imkoniyatlari davr o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Bunga siyosiy voqealar, yirik tabiiy boylik zaxiralarining topilishi va ishlab chiqarilishi, transport vositalarining takomillashuvi kabilar sabab bo`ladi. Buni yurtimiz iqtisodiy geografik o‘rnida ro‘y bergan o‘zgarishlar misolida ko‘rib chiqamiz.

Ma’lumki, miloddan avvalgi II asrdan to milodiy XVI asrgacha Sharqni (Hindiston, Xitoy) G‘arb (Yevropa mamlakatlari) bilan bogTab turgan asosiy savdo yo‘li - «Buyuk Ipak yo‘li» 0‘rta Osiyo orqali o‘tgan. Natijada 0‘rta Osiyo bozorlarida mol ayirboshlash avj olib, u hunarmandchilik va dehqonchilikning taraqqiyoti, shaharlar, fan, madaniyat ravnaqiga jiddiy turtki bo‘lgan. Keyinchalik Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi savdo yo‘llari quruqlikdan dengiz-okeanlarga ko‘chgach, O‘rta Osiyo iqtisodiy geografik o‘rnidagi qulaylik barham topgan.

XIX asr oxirlarida 0‘rta Osiyoda temiryo‘l qurildi. Natijada Samarqand, Toshkent kabi yirik shaharlar temiryo‘l orqali Rossiyaning markaziy rayonlari bilan bog‘lanib, O‘zbekiston hududining iqtisodiy geografik o‘rni yana qulaylik kasb eta boshladi. Ammo sho‘ro davrida iqtisodiy geografik o‘rin qulayliklaridan asosan sobiq Ittifoq manfaatdor edi.

 Mustaqillik tufayli 0‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan erkin aloqa o‘matish huquqini qo‘lga kiritdi. Tarixan qisqa vaqtda uni azaliy janubiy qo‘shnilari Afg‘oniston, Pokiston, Eron hamda g‘arbdan Turkiya, sharqdan Xitoy va boshqa davlatlar bilan bog‘lovchi qumqlik va havo yo‘llari ochilib, O‘zbekiston iqtisodiy geografik o‘mini yaxshilab oldi. Xorij bilan har tomonlama aloqalar kuchaydi.

Ba’zan qo‘shni davlatlar hududidagi ayrim imkoniyatlar ham mamlakat iqtisodiy geografik o‘miga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Turkmaniston bilan Eronni bog‘lovchi temiryo‘l qurilgach, undan O‘zbekiston tashqi aloqalarda foydalana boshladi.

Demak, har qanday hududning iqtisodiy geografik о‘mini baholashda uning yirik transport tugunlariga, shu jumladan, dengiz yo‘llariga nisbatan qanday joylashganligi e’tiborga olinar ekan. Shu jihatdan 0‘zbekistonning iqtisodiy geografik о‘mi tobora qulaylashib bormoqda.

Iqtisodiy va ijtimoiy hayotda davlatning siyosiy geografik o‘rni ham muhum omil sanaladi. 0‘zbekiston suverenitetini jahon hamjamiyati e’tirof etib, u bilan 130 dan ortiq davlat diplomatik aloqalar o‘matgan, elchixonalar ochgan. 0‘z navbatida ko‘plab davlatlarda 0‘zbekiston elchixonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonning turli xalqaro tashkilotlarga, xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zoligi, O‘zbekiston bilan chegaradosh, tarixida umumiylik rishtalari ustuvor bo‘lgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning ham aynan ushbu xalqaro tashkilotlarga a’zo ekanliklari mamlakatimizning siyosiy geografik o‘mini belgilaydigan ijobiy omillardir.

3. P. Xaggetning geografiya faniga qo’shgan hissasi.

Inson geografiyasining asoschilaridan biri Piter Xagget 1933-yil 24-yanvarda Angliyaning Somerset shahri yaqinidagi Poulet shaharchasida tug‘ilgan. Kembridj universitetini tugatgan, dastavval maktabda, so‘ngra kollejda, 1966-yildan e’tiboran

Bristol universitetida faoliyat olib borgan. 1966-1988-yillarda universitetning “Shaharlar va mintaqalar geografiyasi” kafedrasi mudiri, Britaniya akademiyasi vitse-prezidenti bo‘lgan. U Yevropa Fanlar akademiyasi asoschilaridan biridir (Piter Xagget hamda Torsten Xagerstrandlar akademiyaning dastlabki a’zolari qatoriga kiradi). Hozirgi vaqtda Somerset shahrida oilasi bilan hayot kechirmoqda. Piter Xagget hududiy tahlil maktabining asoschilaridan biri. 1972-yilda o‘zining “Geografiya: zamonaviy bilimlar sintezi” asarini nashr etdi.



1960-1970-yillarda Xagget tibbiyot geografiyasining nazariy masalalari, yuqumli kasalliklarning tarqalishi muammolari bilan shug‘ullangan. 1991-yilda “Votren Lyud” mukofoti bilan taqdirlangan (asosiy ishlari: Locational Analysis in Human Geography, 1965; Models in geography, 1967; Network Analysis in Geography, 1969; Geography: a modern synthesis, 1972; The Geographical Structure of Epidemics, 2000; World Atlas of Epidemic Diseases, 2004; Geography: a global synthesis, 2005).
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling