19
10 kundan so‘ng temir tanqislik anemiyasi belgilari rivojlanadi (eritrotsitlar
mikrositozi, gipoxromiyasi, poykilositozi).
2.
Mielogrammada normoblastik
turdagi qon yaratish, 4-5 kundan so‘ng
eritroid qator giperplaziyasi kuzatiladi.
Gemolitik anemiyalar
Gemolitik anemiyalar tug’ma va orttirilgan bo‘ladi. Gemolitik anemiyalar
uchun xos bo‘lgan sitologik belgilar:
1.
Periferik qonda:
eritrosit va gemoglobin kamayishi;
eritrositlar normoxromiyasi (faqat talassemiyada eritrotsitlar gipoxromiyasi
va mikrosferositoz da giperxromiyasi kuzatiladi);
eritrotsitlar normositozi (faqat mikrosferositozda
eritrositlar diametri
kichrayadi);
retikulositlar oshadi;
tug’ma gemolitik anemiyalarda eritrositlar shakli o‘zgaradi:
mikrosferositozda kichik 5-6 mkm, giperxrom eritrositlar paydo bo‘ladi;
ovalositozda ovalsimon erirotsitlar paydo bo‘ladi;
akantositozda yulduzcha shakldagi eritrositlar paydo bo‘ladi;
stomatositozda og’iz shakldagi gipoxrom zonali eritrotsitlar paydo bo‘ladi;
o‘roqsimon hujayrali anemiyada normal holatda eritrotsitlar shakli
o‘zgarmaydi, faqat kuchli gipoksiya holatida gemolitik kriz bo‘lib, o‘roqsimon
eritrotsitlar - dakriotsitlar paydo bo‘ladi;
talassemiyada nishonsimon, gipoxrom eritrotsitlar
- kodositlar paydo
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: