5
KIRISH
Sitologik tashxis klinik laborator diagnostikaning uzviy ajralmas qismi bo‘lib,
klinik tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini nazorat qilishga yordam beradi.
“Gematologik kasalliklar sitologik diagnostikasi” o‘quv qo‘llanmasida
hujayralar
rivojlanishi, ularning faoliyati, morfologik
tuzilishi va xususiyatlari
to‘g’risida zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Birinchi bobda gematologiyada
sitologik
tekshirish usullari, anemiyalar,
trombositar qator patologiyasi, o‘tkir va
surunkali leykozlar sitologik diagnostikasi,
leykositoz, leykemoid reaksiya va
leykozlar sitologik differensial diagnostikasi keltirilgan. Ikkinchi bob taxliliy qism
bo‘lib, unda testlar, situation masalalar va ilova keltirilgan.
“Gematologik kasalliklar sitologik diagnostikasi” o‘quv qo‘llanmasi klinik va
sitologik
laboratoriya xodimlari, tibbiyot oily o‘quv yurtlari tibbiy-biologiya
fakulteti talabalari va “Klinik laborator diagnostika” yo‘nalishi
magistratura va
klinik ordinatura talabalari uchun mo‘ljallangan.