Ishlab chiqaruvchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi Gematologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/34
Sana09.06.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1473285
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
Gematologik kasalliklar sitologik diagnostikasi o\'quv uslubiy qollanma (1)

 
 
1.8. Leykositoz, leykemoid reaksiya va leykozlar
sitologik differensiasiyasi. 
Mashg’ulot maqsadi: leykositoz, neytrofil,eozinofil, bazofil, limfositar va 
monositar leykositoz, leykemoid reaksiyalar, mieloid, limfositar, eozinofil 
leykemoid reaksiya, ikkilamchi eritrositozlar, reaktiv trombositozlar to‘g’risida 
ma’lumot berish. 
Leykositar va leykemoid reaksiya muxim klinik-gematologik sindromdir. 
Leykositar va leykemoid reaksiya rivojlanishi kasallik kechishi va natijasiga ta’sir 
qiladi.
Leykositoz – qonda leykositlar sonining 10x10
9
/l dan oshishi bilan 
xarakterlanadigan klinik laborator sindromdirdir. Leykositozning neytrofil, 
eozinofil, bazofil, limfositar va monositar turlari bor. Eng ko‘p uchraydigan 
leykositoz neytrofil leykositozdir. 
Neytrofil leykositoz 
Funksional neytrofil leykositoz qisqa vaqt ichida kuzatiladi va kasallik 
belgilari bilan bog’liq bo‘lmaydi (bir necha minutdan bir necha soatgacha). 
Ovqatlanish, stressdan keyin kuzatiladi. 
Haqiqiy neytrofil leykositoz uzoq vaqt neytrofil leykositlarning oshishidir 
(bir necha soatdan bir necha haftagacha). 
Haqiqiy neytrofil leykositoz quyidagi hollarda uchraydi: 
1. Bacterial etiologiyali yallig’lanish kasalliklari. 


37 
2. Og’ir ekzo va endogen intoksikatsiyalar. 
3. Og’ir gemoliz. 
4. Kuchli qon ketish. 
5. Paraneoplastik yallig’lanish kasalliklari. 
Neytrofil leykositozning quyidagi turlari mavjud: 
1. Degenerativ neytrofil leykositoz. 
Qonda segment yadroli va tayoqcha yadroli distrofik o‘zgargan neytrofillar 
oshadi. 
2. Regenerativ neytrofil leykositoz. 
Qonda segment yadroli va tayoqcha yadroli neytrofillar oshadi va 
mielosit,metamielositlar paydo bo‘ladi (leyksitar formulaning chapga siljishi). 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling