Mustaqil ish mavzulari
1.Xorij mamlakatlarda tibbiy sug‘urta fondi mablag‘larining sarflanish yo‘nalishlari tarkibi.
2.Majburiy tibbiy sug‘urta tizimining afzalliklari va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi roli.
3.Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta tizimining o‘ziga xos xususiyatlari.
4.Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida tibbiy sug‘urtaning ilmiy-nazariy asoslari.
5.Tibbiy sug‘urta xizmatlari bozorining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari.
5.4-§. «Covid-19» pandemiyasi sharoitida tibbiy sug‘urtaning amal qilish xususiyatlari
JSST 2020 yil 30 yanvarda dunyoda yangi koronavirus Covid-19 pandemiyasini eʼlon qildi. Covid-19 pandemiyasi jahondagi oxirgi ming yillikning 23 ta pandemiyasi bilan qiyosiy taqqoslasak, eng halokatli yigirmatalikka kirmaydi. «Deutsche Bank» tadqiqot mualliflari 100 ming kishining o‘limiga olib kelgan pandemiya va epidemiyalarni tahlil qilishdi. Ular 24 ta kasallik ro‘yxatini tuzdilar va ushbu kasalliklardan dunyo aholisining qanchasi o‘lganligini hisobladilar. Oxirgi maʼlumotlarga ko‘ra, «dunyoning 191mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot etgan»196. So‘nggi yuz yillikda eng keng tarqalgan pandemiya 1918-1919 yillarda Birinchi jahon urushidan keyin tarqalgan «Ispaniya grippi» edi. Uning qurbonlari o‘sha yillarda dunyo aholisining 2,7 foizini tashkil etgan.
5.7-jadval
Dunyo axolisining pandemiya va epidemiyalarni oqibatlari tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |