Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-rasm. AQShda aholining o‘limiga sabab bo‘layotgan TOP-10 kasalliklar ro‘yhati (100 000 aholiga nisbatan)


Download 0.8 Mb.
bet60/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

5.6-rasm. AQShda aholining o‘limiga sabab bo‘layotgan TOP-10 kasalliklar ro‘yhati (100 000 aholiga nisbatan)184
2006-2020 yillarda AQSH tibbiy sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish sohasi rivojlanish tendensiyalarida biroz salbiy tendensiyalar kuzatildi. Jumladan, tibbiy sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi fondlarning jami aktivlari tahlil etilayotgan davrda YaIMga nisbatan 1,72 foizdan 1,08 foizga pasaydi.


5.7-rasm. AQSH tibbiy sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari185
Shu bilan bir qatorda tibbiy sug‘urta fondlarining rentabelligi ko‘rsatkichshi o‘rganilayotgan davrda 5,9 foizdan 4,6 foizga pasaydi. xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan fikrlarga ko‘ra, AQSH tibbiy xizmatlar bozoridagi ushbu holat so‘nggi yillarda barqarorlashgan holda, keyingi davrda rivojlanish tendensiyasiga ega bo‘lish ehtimoli yuqori hisoblanadi (5.7-rasmga qarang).

Fransiyaning sog‘liqni saqlash tizimi ijtimoiy sug‘urta modelining yorqin misoli hisoblanadi. «Tizim 50% ijtimoiy tibbiy sug‘urta vositalaridan, 20% xususiy tibbiy sug‘urta vositalari, barcha tibbiy xarajatlarning 10% ni davlat budjetidan va 20%i esa fuqarolarning shaxsiy mablag‘laridan qoplanadi»186. «Ijtimoiy tibbiy sug‘urta bilan barcha aholining 95%i qamrab olingan. Umumiy davlat xarajlari YAIM hajmning 12,5 foizini tashkil etib, shundan sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat xarajatlari YAIM hajmining 9,7 foizini tashkil etadi»187.


Pul mablag‘lari ijtimoiy tibbiy sug‘urtaning davlat jamg‘armalarida jamlanadi va so‘ngra esa umumiy tibbiy sug‘urtaning davolash profilaktik muassasalarni moliyalashtiruvchi xususiy notijorat jamg‘armalariga yo‘naltiriladi. Sog‘liqni saqlash boshqaruvi markazlashmagan. Sog‘liqni saqlashning hududiy bo‘limlari davlat, xususiy davolash profilaktik muassasalardagi statsionar va ambulator tibbiy yordamni tashkillashtirish uchun javobgar hisoblanadi. Tibbiy xizmatlar bozori rivojlangan bo‘lib, xusuiy sug‘urta to‘ldiruvchi rolini o‘ynaydi.
Fransiyada tibbiy xizmatlar tizimi xususiy bo‘lsa-da, turli mulkchiik shakllaridagi muassasalar mavjud. Statsionar tibbiy xizmatlar uchun to‘lov klinik statistik guruhlar va global budjet usullari yordamida amalga oshiriladi va bu aholiga tibbiy xizmtlar ko‘rsatishning qamrov darajasini oshib bormoqda. Aholi sihat-salomatligiga yaxshilash, tibbiy xizmatlar ko‘lamini shakllantirish va aholi umr davomiyligini oshirishga imkonin bermoqda. Xususan, «2000-2019 yillarda mamlakatda ishemik yurak kasalligi sababli vujudga kelayotgan o‘lim holatlari 1,3 marta, aholining qon tomir kasalliklari 1,2 martaga, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi sababli hayotdan ko‘z yumish holatlari 1,7 martaga kamaydi»188. Shu bilan bir qatorda kasalliklari sababli o‘lim holatlarining vujudga kelishining to‘liq oldi olindi.
Kanadaning sog‘liqni saqlash tizimi 1984 yilda sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonunda belgilangan quyidagi tamoyillarga asoslanadi: davlat boshqaruvi, universallik, mobillik va qulaylik. Kanadaning sog‘liqni saqlash tizimini ijtimoiy tibbiy sug‘urta deb tasniflangan holda ustun darajada davlat modeliga o‘xshash. Ushbu sog‘liqni saqlash tizimi – Buyuk Britaniya (sog‘liqni saqlashning davlat modeli) va AQShning (sog‘liqni saqlashning bozor modeli) sog‘liqni saqlash siyosatining taʼsiri shakllangan. Tibbiy xizmatlardan foydalanish aholining 98-99% ni qamrab olgan «Mediker» davlat tibbiy sug‘urta tizimi tomonidan taʼminlanadi. Kanadada sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishning yetakchi manbai tibbiy xarajatlarning 90% ni qoplovchi federal jamg‘arma va qishloqlarning sug‘urta jamg‘armalari hisoblanadi. Qolgan 10 foizini esa xususiy sug‘urta va ixtiyoriy xayriyalar tomonidan qoplanadi. «Umumiy davlat xarajatlari YAIM hajmidagi ulushi 10,8 foizni, shundan sog‘liqni saqlash xarajatlari YAIM hajmining 7,6 foizini tashkil etadi»189. Davlat budjetidan mablag‘lar federal jamg‘arma va viloyatlarning sug‘urta jamg‘armalariga yo‘naltiriladi, so‘ngra esa davolanish profilaktik muassasalari va xususiy shifokorlar manzillariga yo‘naltiriladi. Sog‘liqni saqlash boshqaruvi shakli markazlashmagan. Odatda, shifoxonalarni moliyalashtirish budjet usuli yordamida, yaʼni avvaldan kelishib olingan tibbiy xizmatlar xajmi uchun viloyat sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin bir qator hududlar amaldagi ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarga ko‘ra budjetni shakllantirishga o‘tib olgan.
Birlamchi va statsionar tibbiy yordam ko‘rsatishda yetakchi o‘rinni sog‘liqni saqlashning xususiy muassasalari va xususiy shifokorlar o‘ynaydi. Kasalxonalarning turli mulkchilik shakllariga ega bo‘lishiga qaramay, aksariyati xususiy notijorat kasalxonalari hisoblanadi. Odatda, ular viloyat sog‘liqni saqlash organlari yoki mazkur hududda yashovchi yetakchi ekspertlarga ega bo‘lgan shifoxonalar uyushmalari boshqaruvida bo‘ladi.
Kanada sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish amaliyotida davlat tibbiy sug‘urta xizmatlari bilan bir qatorda nodavlat va notijorat tashkilotlar tomonidan aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning qamrov darajasini oshirish imkoniyati yaratilmoqda. Sog‘likni saqlash tizimini samarali moliyalashtirish va aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish orqali mamlakatda surunkali kasalliklardan bevaqt hayotdan ko‘z yumish holatlari kamayishiga erishgan
«Tibbiy xizmatlar xajmi va sifatini nazorat qilish qisman davlat qo‘lida bo‘lsa, qisman esa nodavlat va notijorat tashkilotlar tasarrufidagi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi»190:
1. Kanada sog‘liqni saqlash kengashi, uning vazifasi sog‘liqni saqlash sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring olib borish va hisobot berish.
2. Kanada bemorlar xavfsizligi instituti, bemorlar xavfsizligi sohasida tajribalarni to‘plash va tarqatish uchun tashkil etilgan.
3. Kanada sog‘liqni saqlash maʼlumotlari instituti, sog‘liqni saqlash sohasidagi maʼlumotlarni to‘playdi va standartlashtiradi.
4. Kanada tibbiy birlashmasi, shifokorlarni litsenziyalash va davolash standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
5. Kanada akkreditatsiya uyushmasi, sog‘liqni saqlash tashkiotlari – soqliqni saqlashning mintaqaviy organlari, kasalxonalar, uzoq muddatli tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalar va jamoat markazlarini akkreditatsiya qilishga javob beradi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling