Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
VII.BOB. YEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARIDA IJTIMOIY SUGURTA TIZIMI
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
VII.BOB. YEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARIDA IJTIMOIY SUGURTA TIZIMI.
7.1-§. Evropa ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy sugurta tizimini rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvlari Yevropa ittifoqi mamlakatlarida iqtisodiyotida ijtimoiy sug‘urta asosiy o‘rinni egallab, YAIM hajmining to‘rtdan bir qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi va bunda pensiya sug‘urtasi, tibbiy hamda ishsizlik sug‘urtalari asosiy salmoqqa ega. Eng muhim xususiyat shundan iboratki, ijtimoiy sug‘urta mablag‘larini shakllantirishda ish beruvchilar va ishchilarning faol ishtiroki mavjud va mazkur tizimida xususiy sektor yetakchi mavqega ega: Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya mamlakatlarida ko‘p darajali pensiya tizimi va majburiy tibbiy sug‘urtaning amal qilish; ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning rivojlanganligi; ishsizlik sug‘urtasi bo‘yicha keng ko‘lamdagi ijtimoiy xizmatlar mavjudligi shular jumlasidandir. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, davlat pensiyalari, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar, mehnatda jarohatlanish yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni qoplanishi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha va ishsizlik nafaqalari, asosan, ijtimoiy sug‘urta fondi mablag‘lari (Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Fransiya, Estoniya, Latviya davlatlari) hisobidan moliyalashtiriladi. Ijtimoiy sug‘urta fondi mablag‘lari esa ish beruvchi va ishchilarning ijtimoiy sug‘urta badallari hisobidan shakllantiriladi. Ijtimoiy sug‘urta badallari stavkasiga oid maʼlumotlar 7.1-jadvalda aks ettirgan. Jadval maʼlumotlaridan ko‘rinadiki, xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urta bilan bog‘liq taʼminot turlari, asosan, ish beruvchi va ishchilarning sug‘urta badallari hisobidan moliyalashtiriladi. Faqatgina Rossiya Federatsiyasi va Chilida ijtimoiy sug‘urta mablag‘larini shakllantirish ish beruvchilar zimmasiga yuklatilgan. Yangi Zellandiyada bu turdagi xarajatlar to‘lig‘icha davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling