Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Keyingi sonni top”.
O‘yinning borishi: bolalar doira bo‘lib turadilar. Tarbiyachi o‘rtada turib bolalarga koptokni otadi. Koptokni 1 deb bir bolaga otadi. Bola esa koptokni ilib oladi va 2 deb keyingi bolaga otadi, o‘yin shu tariqa 6 sonigacha davom etadi. Bolalar bu o‘yin davomida 6 gacha sanashni, sonlarning ketma-ketligini bilib mustahkamlab boradilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
5 ga birni qo‘shsak qanday son hosil bo‘ladi?
Sizda 5 ta olma bor edi, men sizga yana bitta olma bersam, sizdagi olmalar nechta bo‘ldi?
Daraxt shoxida 6 ta qush bor edi, bittasi uchib ketdi. Nechta qush qoldi?
Guldonda 5 ta lola bor edi, yana bitta lola solindi, lolalar nechta bo‘ldi?
6 soni nechta birdan hosil bo‘ladi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag‘batlantiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |