Ishlanmalari


Download 0.79 Mb.
bet41/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Fazoviy tasavvur
Mavzu: Fazoviy tasavvurlarni shakllantirish
Maqsad:

  • Bolalarni o‘ziga nisbatan o‘ng-chap (o‘ng-chap qo‘l, o‘ng-chap oyoq, o‘ng –chap elka) tomonlarni aniqlash ko‘nikmasini mustahkamlash.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalar o‘ng va chap qo‘llarini, oyoqlarini, elkalarini farqlashni o‘rganadilar.

  • Mustaqil fikrlash va fikrini tushuntira olish malakalari shakllanadi.

Kerakli jihozlar:

  • Paxta, bug‘doy tasviri, quticha.

  • Mevalar va sabzovotlar, qog‘oz, elim.


Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, biz ko‘p ertaklar eshitganimizda ertaklardagi qahromonlar yo‘lda ketayotganida ular oldidan ikkita yo‘l chiqib qoladi. Bu yo‘llarning o‘rtasida “O‘ng tomonga borsang xazina topasan”, “CHap tomonga borsang qaytmaysan” deb yozilgan bo‘ladi. Ertak qahramonlari bosh qashishib “qaysi yo‘ldan borsam ekan?” deb turib qoladilar, so‘ngra yo‘llardan birini tanlab shu yo‘ldan ketaveradilar.

Hamma o‘ng va chap tomonini yaxshi bilishi kerak. Lekin bir qiz bor ekan, u o‘ng va chap tomonlarni farqlay olmas ekan. U qizning ismi Lolaxon ekan. U ertaklar mamlakatida yashar ekan. Ertaklar mamlakatida 2 ta shahar bor ekan. U shaharlardan birining nomi “O‘ng”, ikkinchisining nomi “CHap” ekan. Lolaxon “O‘ng” shaharda yashar ekan. U erda hamma uylar yo‘lning o‘ng tomoniga qurilgan ekan. Odamlar ham yo‘lning faqat o‘ng tomonidan yurishar ekan. Hech kim hech qachon burilib orqasiga qaytmas faqat aylanma yo‘llardan bir tomonga harakat qilib yurar ekanlar. Faqat o‘ng qo‘lda ish qilishar va o‘ng oyog‘ida sakrab yurishar ekan. Agar kim adashib chap oyog‘ida sakrab, chap qo‘lida ish qilsa jazolanar ekan. Bir kuni Lolaxon zerikib ketibdida “CHap” degan shaharga boribdi. Qarasa u shaharda odamlar chap oyog‘i bilan sakrab darvozadan kirib ketishayotgan ekan. Lolaxon ham chap oyog‘i bilan sakrab darvozadan kiribdi. U erda hamma narsalar chap tomonda joylashgan va hamma ishlar chap qo‘lda bajarilayotgan ekan. (Tarbiyachi harakat bilan ko‘rsatadi).

Lekin Lolaxon bu erda uzoq yashay olmabdi, chunki chap qo‘lda ish qilish, ovqatlar eyish va chap oyoqda sakrab yuraverishdan qiynalib ketibdi. SHunda o‘ziga: “Yo‘q men o‘zimning “O‘ng” degan shahrimga ketaman. Bu shaharda qiyin ekan”, debdi.

So‘ng “O‘ng” degan shaharga qaytib kelibdi va o‘ng bilan chapning farqini yaxshilab o‘rganib olibdi. (Tarbiyachi ko‘rsatadi). Bolalar, sizlar ham o‘ng va chapni yaxshilab o‘rganib olinglar.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling