Ishlanmalari


Download 0.79 Mb.
bet42/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Bolalar uchun amaliy ish.
1-topshiriq. Tarbiyachi bolalarga oldilaridagi qutichadan paxta shaklini olib, o‘ng qo‘l tomonga qo‘yishlarini aytadi. Bug‘doy shaklini olib chap qo‘l tomonga qo‘yishlarini aytadi. Bolalar ishini kuzatib, «Sen o‘ng tomonga nimani qo‘yding?», «CHap tomonga nimani qo‘yding?», -deb savol beradi.
2-topshiriq. Tarbiyachi bolalarga bittadan qog‘oz, teng miqdorda meva, sabzavot rasmlari va elim beradi. Bolalar qog‘ozning chap tomoniga meva rasmlarini, o‘ng tomoniga sabzavot rasmlarini yopishtirib chiqishlari kerak bo‘ladi. Bolalar ishni yakunlaganidan so‘ng, tarbiyachi bolalarning ishlarini tekshirib chiqadi va chap, o‘ng tushunchalarini mustahkamlaydi.



23-rasm.

Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin.

Tarbiyachi: - Bolalar kim mening o‘ng tomonimda turishni xohlasa o‘ng tomonga, chap tomonimda turishni xohlasa chap tomonimga turib olsin. Endi biz doira shaklida turib olamiz.

Tarbiyachi “CHap qo‘l” deganda bolalar chap qo‘lni yuqoriga ko‘taradilar, “O‘ng qo‘l” deganda bolalar o‘ng qo‘lni yuqoriga ko‘taradilar. “CHap elka deganda” chap elkalarini ko‘taradilar. “O‘ng oyoq” deganida o‘ng oyoqlari bilan sakraydilar. O‘yin shu tartibda davom etadi.


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Men siznga qarama-qarshi tursam, sizning chap oyog‘ingiz mening qaysi tomonimda bo‘ladi?

  2. Bolalar O‘zbekistonda mashinalarning ruli o‘ng tomondami yoki chap tomondami? (chap tomonda)

  3. Siz rasmni qaysi qo‘lda chizasiz?

  4. Sizga o‘ng qo‘lda ish qilish osonmi yoki chap qo‘lda?

  5. O‘ng qo‘lingiz bilan chap qulog‘ingizni ushlang.

Faoliyat yakunida hamma bolalarni rag‘batlantirish.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling