Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Oramizda kim yo‘q?”.
Bolalar 3 ta jamoaga bo‘linib 5 ta, 6 ta, 7 tadan bo‘lib qo‘llarini ushlab 3 ta doira hosil qilishadi. 5 kishilik doira birinchi ichki doira, 6 kishilik o‘rta doira, 7 kishilik tashqi doira bo‘ladi. Bolalarga ko‘zlarini yumib olishlari aytiladi. Tarbiyachi bolalarga shamol bo‘lmoqda deydi. SHunda bolalar bir-birining qo‘lini qo‘yib yuborib, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib shamolda qimirlayotgan daraxt holatiga tushib qimirlaydilar. SHu vaqt tarbiyachi har bir jamoadan 1 ta yoki 2 ta bolani qatordan chiqarib shamol to‘xtadi deydi. Bolalar qimirlashdan to‘xtaydilar. Tarbiyachi ko‘zlarini ochishlarini va bir-birlariga e’tibor berishlarini, oralarida kim yo‘qligini topib aytishlarini so‘raydi. Bolalar sanab ko‘rib har bir jamoada nechta bola qolganini aytishadi.
O‘yin davomida 1-jamoadagi bolani 2-jamoaga o‘tkazib yuborish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |