Miqdor (kattalik)
Mavzu: Narsalarning hajmini kattaligiga nisbatan qiyoslash
Maqsad:
Bolalarning kattalik to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Narsalarning hajmini bir-biriga nisbatan katta-kichikligini qiyoslay olish malakasini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar narsalarning hajmini kattaligiga nisbatan qiyoslashni o‘rganadilar.
Kattalik to‘g‘risidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar:
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz narsalarning katta yoki kichikligini qanday bilamiz? Albatta taqqoslab ko‘rib bilamiz, ya’ni uning bo‘yini tengligi va eniga qarab chamalab aytamiz. Mana bolalar hozir oldimizda 3 ta uycha turibdi. SHu 3 ta uychani ko‘rib mening yodimga “Uch ayiq” ertagi tushdi. Bolalar sizlar ham eslaysizlarmi? Bu ertakda bir qizcha o‘rmonda adashib qolib ayiqlar yashaydigan uyga kelib qoladi. Uyda 3 ta katta-kichik stul, krovat, 3 ta katta-kichik idishda ovqat bo‘ladi. Qizcha bir-biridan katta bo‘lgan krovatlardan eng kichigida yotib uxlab qoladi. Esladingizmi, keyin nima bo‘ladi, kim aytib beradi? (Bolalar aytib berishadi).
Mana bu 3 ta uycha ham bir-biridan katta-kichikligi bilan farq qiladi. Uychalar qanday shakllardan hosil bo‘libdi.
Katta uychadagi shakllari qanday rangda ekan?
O‘rtacha va kichik uychalarning ranglari qanday ekan?
Do'stlaringiz bilan baham: |