Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga oldilaridagi tayoqchalardan avvalo uchburchak, kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak shakllarini navbati bilan yasashni taklif etadi. So‘ngra shu shakllardan foydalanib xotirasida qolgan tasvirlarni yasashlarini aytadi. Bolalar o‘z ishlarini izohlab beradilar.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin.
Bolalar 5 tadan bo‘lib 4 ta guruhga bo‘linadilar. O‘rtada 4 ta savatchalarga tayoqchalar solib qo‘yiladi. 4 ta guruhdagi bolalar o‘rtadagi savatchalardan bir xil uzoqlikda (2-3 metr), ya’ni savatchalarni 4 tomonida joylashadilar.
O‘yin mazmuni: tarbiyachi bolalar diqqatini o‘rtadagi savatchalarga qaratib, har bir guruh shu savatchalardan tayoqcha olib shaklli tasvirlar yasashlarini aytadi. Qaysi guruh tezlik bilan mazmunli, chiroyli tasvir hosil qila olsa o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi. Masalan: Turli o‘yinchoqlarni yasashlaringiz mumkin, yoki bog‘chamizni, o‘yin maydonchasini yasashlaringiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |