Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, mana mening qo‘limda doira shakli turibdi. Men bu doira shaklini yuqoriga (shkaf ustiga) qo‘yib qo‘yaman.
Bolalar, agar esimdan chiqib qolib “Doira shakli qaerda” deb so‘rasam, “Doira shakli yuqorida” denglar. YUqori mening bo‘yimdan baland ekanmi? Mana bu kvadratni pastga qo‘yaman. Bolalar eslab qolinglar “Kvadrat shakli qaerda?” desam, “Pastda” deysizlar.
Bolalar, men yaqinda askarlar yashaydigan joyga bordim. U erda askarlar juda ko‘p ekan. Ularning yugurish mashqlarini bajarayotganini ko‘rdim. Ularning boshlig‘i “oldinga” desa, ular oldinga mana bunday qilib yugurishmoqda, “orqaga” desa, orqaga mana bunday qilib yugurishmoqda, “chapga” desa chapga burilib yugurishmoqda, “o‘ngga” desa o‘ng tomonga burilib yugurishmoqda. (Tarbiyachi harakatlarni qilib ko‘rsatib beradi).
Sizlar ham katta bo‘lganlaringizda askar bo‘lib yurtimizni himoya qilasizmi? Askar bo‘lish uchun oldinga, orqaga, chapga, o‘ngga kabi yo‘nalishlarni yaxshilab bilib olishlaringiz kerak. SHuning uchun hozir hammamiz birgalikda bu harakatlarni bajarib o‘rganib olamiz. (Tarbiyachi va bolalar birgalikda bu harakatlarni bajarib o‘rganishadi.)
Tarbiyachi: Bolajonlar, men doira shaklini qaerga qo‘ygan edim? (Bolalar aytishadi). To‘g‘ri, yuqoriga qo‘ygan edim.
Tarbiyachi: Bolajonlar, men kvadrat shaklini qaerga qo‘ydim? (Bolalar javob berishadi). To‘g‘ri, pastga.
Do'stlaringiz bilan baham: |