Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, bizning o‘zbek xalqimizda “Sanamay sakkiz dema” degan maqol bor, albatta bu maqolning mazmuni juda keng. Bugun biz sakkiz sonini hosil bo‘lishi bilan tanishamiz. 8 sonining hosil qilish uchun bizga 8 ta bir kerak bo‘ladi.
Hozir sizlar bilan birgalikda ekranda 8 sonini hosil qilamiz.
Ekranda 7 ta doira, 7 ta kvadrat va 7 ta uchburchak turibdi. 7 ta doiraga yana nechta doira qo‘shsak 8 ta bo‘ladi? To‘g‘ri, bitta doira qo‘shsak, doiralar soni 8 ta bo‘ladi. Marhamat, Jamolbek siz 7 ta kvadratni 8 taga etkazing. Maftuna, siz uchburchaklarga nechta qo‘shsangiz 8 ta bo‘ladi.
Endi men jo‘jalarni ekranga qo‘yaman, qani bolalar birgalikda sanaymiz, jo‘jalar nechta ekan? To‘g‘ri beshta ekan. Ularga bitta jo‘ja qo‘shsak nechta bo‘ladi? 6 ta. YAna bitta jo‘ja qo‘shsak nechta bo‘ldi? 7 ta. YAna bitta jo‘ja qo‘shilsa nechta bo‘ladi? 8 ta.“Sanamay turib sakkiz dema”ylikda sanab ko‘raylik:1,2,3, 4, 5, 6, 7, 8.
Tarbiyachi 8 soni yozilgan kartochkani bolalarga yaxshi ko‘rinadigan joyga ilib bolalarga tushuntiradi:
Bolajonlar, mana bu son –8.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |