Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalarga yo‘l chizilgan kartochkalar tarqatilgan bo‘lib, bolalar
shu kartochkadagi 1-yo‘lga 1 ta, 2-yo‘lga 2 ta, 3-yo‘lga 3 ta, ....... va nihoyat 8-yo‘lga 8 ta shakl terishadi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Qancha bo‘lsa, shuncha.....”.
O‘yin qoidasi:
1. Bolalar doira shaklida turadilar har bir bolaning kaftiga sanoq cho‘plari berib chiqiladi. Bolalar ko‘zlarini yumib sanoq cho‘plarini ovoz chiqarmay sanaydilar. Tarbiyachining “Sizda nechta?” degan savoliga sanoq cho‘pi nechta bo‘lsa shunchani aytib, keyin sanoq cho‘pini ko‘rsatadilar. Sanoq cho‘plari nechta bo‘lsa, bolalar shuncha sakrashadi.
2. Bolalar qo‘llaridagi sanoq cho‘plarini yonidagi bolaga uzatadilar. Hamma bolalar sanoq cho‘plarini almashadilar. Bolalar qo‘llaridagi sanoq cho‘plarini yana sanab ko‘radilar va tarbiyachining sizda nechta? degan savoliga shuncha marta o‘tirib turadilar, boshqa bolalar esa sanaydilar.
Bolalarga 8 tagacha bo‘lgan sanoq cho‘plari beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |