Kutilayotgan natijalar:
Bolalar 6 sonining hosil bo‘lishini bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
Ko‘rgazmali rasmlar.
Savatcha va 6 ta olma mulyaji.
Rangli qalamlar.
Sanoq tayoqchalari.
Koptok.
Faoliyatga tayyorgarlik:
Guruh xonasining har tomoniga –5 tadan va 6 tadan koptok, mashina, kitob, qalam, sabzi, bodiring, karam, tarvuz, olma, nok, o‘rik, gilos, lola, atirgul rasmlari chizilgan kartochkalarni terib chiqish.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, guruh xonamizdagi ushbu rasmlarni ko‘rib hayron bo‘lyapsizlarmi? Kelinglar, ularni bir boshidan ko‘rib, tanishib chiqamiz.
Uslubiy eslatma: Bolalar bu rasmlarni tomosha qilish orqali ularning nomi, rangi, shakli va nima ekanligini aniqlaydilar. Oldingi Faoliyatda olgan bilimlarini mustahkamlaydilar. 5 gacha va 6 chagacha sanashni mashq qiladilar.
Eshik ochilib, Bilmasvoy yig‘lab kirib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |