Notanish shakl: - “Assalomu-alaykum”
SHakllar:- “Vaalaykum-assalom”- deb alik olishibdi.
Notanish shakl: -Kelinglar, tanishamiz.
Doira, uchburchak, va kvadrat o‘zlarini tanishtiribdi.
Doira: Men doiraman.
Uchburchak: Men uchburchakman.
Kvadrat: Men kvadratman.
Notanish shakl: Men to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘laman. Mening 4 ta burchagim, 4 ta tomonim bor. 2 ta tomonim uzun, 2 ta tomonim kalta.
Doira kvadratga qarab: -Kechirasiz kvadratjon, siz to‘g‘ri to‘rtburchak bilan qarindosh emasmisiz? U xuddi sizga o‘xshab ketar ekan, debdi.
Kvadrat: -To‘g‘ri aytasiz, u menga o‘xshar ekan.
To‘g‘ri to‘rtburchak: Juda to‘g‘ri aytyapsizlar biz kvadrat bilan juda o‘xshashmiz, lekin kvadratning 4 ta tomoni teng.
Tarbiyachi: SHunday qilib shakllar o‘zaro do‘st bo‘lishibdi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Bolajonlar, rasmdagi chap tomondagi zanjirning davomini o‘ng tomondan toping, ularni birlashtiring. Zanjirdagi to‘rtburchak shakllarini ko‘k rangga bo‘yang.
Do'stlaringiz bilan baham: |