Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “O‘xshashini top”.
O‘yin mazmuni: erga turli xil to‘rtburchak shakllari chizilgan. Bolalarning qo‘llariga xuddi shu shakllarga mos karton qirqimlari beriladi. Tarbiyachi bolalarga to‘g‘ri to‘rtburchakning o‘xshashini erdagi tasvirdan topib ustiga qo‘yishlarini aytadi.
O‘yin tarbiyachining ishorasi bilan boshlanadi. O‘yin barcha bolalar qo‘llaridagi shaklning joyini topgunlariga qadar davom etadi. So‘ng shakllar o‘zaro almashtiriladi. Agar bolalar xohlasa o‘yin 2-3 marta takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |