Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Nechta birdan 7 soni hosil bo‘ladi?
6 soniga nechani qo‘shsak 7 soni hosil bo‘ladi?
Sizda 6 ta yong‘oq bor edi, o‘rtog‘ingiz yana bitta yong‘oq berdi. Sizning yong‘oqlaringiz nechta bo‘ldi?
7 ta jo‘janing bittasi onasining patlari ostiga kirib oldi, jo‘jalar nechta qoldi?
Bir mushukning 6 ta bolasi bor bo‘lsa, hamma mushuklarning soni nechta?
Kamalakda necha xil rang bor?
7 gacha sanashni bilasizmi?
7 gacha sanang va 7 marta sakrang.
Faoliyat yakunida bolalar rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |