Ishlanmalari


Download 0.79 Mb.
bet61/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalarda narsalarni uzunligi, kengligi va balandligiga ko‘ra farqlay olish ko‘nikmalari shakllanadi.

  • Bolalar “uzun”, “uzunroq”, “baland”, “balandroq”, “keng” so‘zlarini to‘g‘ri ishlatish malakasini egallaydilar.

Kerakli jihozlar:

  • Arqon, taxtachalar.

  • Lentachalar.

  • Turli o‘lchovda karton qirqimlari.

  • Gugurt qutilari.


Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, men sizlarga Bilmasvoy va Ziyrakboy degan bolalarning o‘rmondagi sarguzashtlari haqida gapirib beraman. Kunlardan bir kuni bu ikki bola o‘rmonda sayr qilib yurgan edilar, oldilaridan jodugar kampir chiqib qolibdi.

Jodugar kampir: -Ha, bolalar qo‘lga tushdilaringmi?,-deb ularni ushlab olibdi-da, bir uyga qamab qo‘yibdi. Bilmasvoy rosa “dod” deb baqirib yig‘labdi. Ziyrakboy aqlli bola bo‘lganligi uchun qanday qilsak bu erdan chiqib ketishimiz mumkin,- deb o‘ylay boshlabdi. Jodugarning bolasi ham bor ekan. U Bilmasvoyning yig‘isini eshitib uyg‘onib ketibdi. Jodugarning rosa jahli chiqibdi-da debdi: Endi bolani uxlatishim uchun belanchak yasab berasanlar. Qaysi biringning belanchaging yaxshi chiqsa, o‘shani qo‘yib yuboraman. Mana bular arqon va taxtalar. Belanchak arqonining uzunligi mana buncha bo‘lsin, balandligi mana bu xontaxta balandligi bilan teng bo‘lsin, uzunligi va kengligi ham shu xontaxtaning yuzasicha bo‘lsin.

Bilmasvoy bilan Ziyrakboy ishga tushishibdi. Ziyrakboy avval belanchakni yasash uchun taxtalarni qo‘yib xontaxtani o‘lchab olibdi (tarbiyachi o‘lchab ko‘rsatadi). SHunday qilib belanchak ham tayyor bo‘libdi. Jodugar kampir Ziyrakboy yasagan belanchakka bolasini yotqizib tebratgan ekan, bolasi darhol uxlab qolibdi. U Ziyrakboydan xursand bo‘lib uyiga ketishi mumkinligini aytibdi. Bolalar, Bilmasvoy nima bo‘libdi deb o‘ylayotgandirsiz? Jodugar uni bolamni tebratib o‘tirasan, deb olib qolmoqchi edi. Lekin Ziyrakboy o‘rtog‘ini jodugarga tashlab ketmabdi.

-Jodugar xola, o‘rtog‘imga belanchak yasashni o‘rgatib qo‘yaman, deb olib ketibdi. Bilmasvoy juda xursand bo‘lib ketibdi. CHunki u-jodugarning uyida qolib ketaman-mi? deb juda qo‘rqqan ekan-da.

Demak, uzunlikni, balandlikni o‘lchashni o‘rganib olishimiz zarur ekan-a bolalar. Mana hozir hammamizning oldimizda lentachalar turibdi. SHu lentachaning uchidan ushlab, qo‘llarimizni uchidan elkamizgacha olib kelib, qo‘limizning uzunligini o‘lchaymiz. (Bolalar o‘lchab ko‘rsatadilar).

Endi qutichadagi karton qirqimlaridan olib oldimizdagi taxtachaning uzunligi va bo‘yini o‘lchab chiqamiz, bolalar karton qirqmalarini olib taxtachaning ustiga, tagiga qo‘yib uni o‘lchab ko‘rsatadilar.

Bolalar, endi hammamiz lentachalar ichidan eng uzunini topamiz. Hammamizniki bir xil ekanligini bilish uchun ularning birini ustiga ikkinchisini qo‘yib o‘lchaymiz. Hammamizning tanlagan lentachalarimizning uzunligi va kengligi bir xil ekan, ularni olib o‘rnimizdan turamiz.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling