Ishlanmalari


Mavzu: Oval shakli bilan tanishtirish


Download 0.79 Mb.
bet64/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Mavzu: Oval shakli bilan tanishtirish



Maqsad:

  • Bolalarda oval shakli haqida tasavvur hosil qilish.

  • Nutqida “oval” so‘zini to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish.

  • Oval shakli va doira shaklining farqini o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalar oval shaklini bilib oladilar.

  • Nutqida “oval” so‘zini to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganadilar.

  • Oval shakli bilan doira shaklining farqini bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

  • Sim, ip (ikki uchi birlashtirilgan).

  • To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi oq qog‘oz.

  • Kvadrat, doira, uchburchak va to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shakli 8 tadan.

Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, men hozir sizlarga bir sehrli sim ko‘rsataman. Bu simdan xohlagan shaklni hosil qilish mumkin. Mana men hozir shu simdan doira shaklini yasayman. Bolalar, yaxshilab e’tibor berib turinglar, men shu doira shaklini 2 tomonidan ushlab bir oz cho‘zaman. Bolalar, qaranglar, bu shakl endi qanday shaklga o‘xshab qoldi. Sizlar bu shaklning nomini bilmaysizlar, bu shakl doira shakliga bir oz o‘xshash, lekin cho‘zinchoq. Qani eslanglarchi, bu shakl sizlar yaxshi ko‘rib eydigan bir narsaga o‘xshar ekan, to‘g‘rimi? To‘g‘ri, u tuxumga o‘xshaydi. SHuning uchun ham bu shaklga o‘xshash narsalarni tuxumsimon deb ham aytishadi. Lekin bu shaklning o‘z nomi bor. Bu shaklning nomi oval. Hammamiz birgalikda aytamiz-oval. YAna bir marta aytamiz-oval.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling