Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Ovalni top”.
Bolalar doira shaklida turadilar.
Kartondan qirqilgan doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va oval shakllaridan 8 tasi aralashtirib qo‘yiladi.
4 ta bola doira ichiga chaqirilib, ko‘zlari ro‘mol bilan bog‘lanadi. Bolalar ko‘zlari bog‘liq holatda shakllar ichidan oval shaklini topib olishlari kerak. Qaysi bola ko‘proq oval shaklini to‘plasa, unga yulduzcha shaklidagi medalon beriladi. Bolalar navbat bilan 4 tadan bo‘lib almashib o‘yinni davom ettiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |