Kerakli jihozlar:
Faoliyatining borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun bizning guruhimizga ayiqcha mehmon bo‘lib kelibdi.
Ayiqcha: -Assalomu-alaykum, bolajonlar.
Tarbiyachi: Bolalar, biz ayiqchani mehmon qilishimiz kerak buning uchun ayiqcha qanday ovqatni yaxshi ko‘rishini bilishimiz kerak. Bolalar ayiqcha qanday ovqatni yaxshi ko‘radi? To‘g‘ri, u asalni juda yaxshi ko‘radi. Asal solingan idishni unga yaqin qo‘yib qo‘yaman. Mana bu choynakda issiq choy bor, yana uni to‘kib yuborib kuyib qolmasin. SHuning uchun bu choynakni ayiqdan uzoqqa qo‘yaman. Likobchadagi olmalarni unga yaqinroq qo‘yaman. Mana bu piyolani ayiqdan uzoqroq qo‘yaman. CHunki unga o‘zim choy quyib beraman.
Bolalar yaxshilab qaranglar men asal solingan idishni, choynakni, tarelkadagi olmalarni va piyolani ayiqdan qanchalik uzoq-yaqin, uzoqroq va yaqinroq qilib joylashtirganimni ko‘rdingizmi? (Tarbiyachi narsalarning ayiqqa nisbatan oraliq masofasini yana bir bor tushuntiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |