Jismoniy daqiqa: bolalar o‘rnilaridan turib qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib 9 marta chapak chaladilar. 9 marta o‘tirib turadilar. Barmoqlari bilan 9 gacha sanaydilar.
Tarbiyachi: 9 sonida, bolajonlar, 9 ta bir bor. 9 sonida nechta bir bor ekan? To‘g‘ri, bolajonlar, 9 sonida 9 ta bir bor.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Keyingi sonni ayt”.
Bolalar bir-biriga qarama-qarshi holatda oralari 3 metr masofada 2 qator bo‘lib turadilar. Har bir qatorda 9 tadan bola bo‘lishi kerak, boshqa bolalar “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” deb turishadi. Birinchi qatordagi 1-bola qo‘lidagi koptokni ikkinchi qatordagi 1-bolaga uloqtiradi va “Sonni ayt” deydi. Ikkinchi qatordagi 1-bola koptokni ilib olib “Bir” deydi. So‘ngra 1-qatordagi 2-bolaga irg‘itadi. 2-qatordagi 2-bola koptokni 2-qatordagi 2-bolaga irg‘itadi va “Keyingi sonni ayt”, deydi. O‘yin shu tarzda davom etadi va oxirgi bola 9 deydi. Keyin sonni aytish navbati 1-qatordagi bolalarga beriladi. O‘yin 2-3 marta davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |