Geometrik shakllar
Mavzu: Geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish
Maqsad:
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarda geometrik shakllar va atrofdagi narsalar orasidagi o’xshashliklar haqida tushunchalar mustahkamlanadi.
Bir to’plam geometrik shakllardan aniq buyumlarni, narsalarni va imoratlarni yasay olishni o’rganadilar.
Bolalar mustaqil fikrlashga va har bir ishga ijodiy yondashishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Turli geometrik shakllardan medalionlar.
Turli o’lchamdagi geometrik shakllar.
Geometrik shakllar atributi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar geometrik shakllarni juda yaxshi taniysizlar, to’g’rimi?
Aziz bolajonlar, bugun men sizlarga geometrik shakllar mamlakati haqida hikoya qilib beraman. Bir bor ekan, bir yo’q ekan, faqat geometrik shakllar yashaydigan mamlakat bor ekan. Bu mamlakatda hamma shakllar tinch, totuv yashar ekanlar. Uchburchak shaklining uyi uchburchak, doiraniki doira, kvadratniki kvadrat shaklida ekan.
Bu mamlakatga Uchburchak shakli podsholik qilar ekan. Uning boshchiligida turli bayramlar, tanlovlar o’tkazilib turilar ekan. Hozir siz bu ajoyib mamlakatning tanlov shartlarini bajarib qanchalik qobiliyatli ekanligingizni namoyon qilishingiz mumkin. Buning uchun kichik jamoalarga bo’linib olamiz. Kichik jamoalarga bo’linish uchun har bir bola turli geometrik shakllar medalionidan bittasini tanlab oladi va shu shakl turgan stolga borib o’tiradi.
Mana “Uchburchak”, “Kvadrat”, “Doira”, “To’rtburchak” nomli jamoalarga bo’linib oldik. Endi birinchi shartning topshirig’i bilan tanishib oling:
Do'stlaringiz bilan baham: |