Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Xarita bilan harakatlanish oson bo’ldimi yoki aytib turilgan topshiriq asosida harakatlanishmi?
2. Xarita asosida marraga etish uchun nechta joydan o’tdingiz?
3. Chap qo’lingizni balandga ko’taring, o’yin davomida necha marta chapga yurganligingizni eslay olasizmi?
4. O’ng qo’lingizni balandga ko’taring, o’yin davomida necha marta o’ng tomonga yurganligingizni eslay olasizmi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Mavzu: Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to’g’ri aytishga o’rgatish
Maqsad:
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarda yil fasllari-qish, bahor, yoz, kuz haqida tushuncha hosil bo’ladi.
Bolalar qish, bahor, yoz, kuz, yil fasllari so’zlarini nutqda tushungan holda qo’llash ko’nikmasini egallaydilar.
Kerakli jihozlar:
Yil fasllari tasvirlangan suratlar (o’lchami: bo’yi15 sm, eni 20 sm).
Bo’yi 12 sm, eni 20 sm o’lchamdagi qog’ozda tugallanmagan rasmlar (har bir bolaga).
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, hech e’tibor berganmisiz, ba’zida havo issiq bo’ladi, ba’zida yomg’ir yog’adi, ba’zida havo sovuq bo’lib qor yog’adi. Tabiatdagi bu o’zgarishlar ma’lum vaqtlarda bo’ladi va bu vaqtlarning o’z nomi bor.
Hozir sizlarga topishmoq aytaman, topishmoq nima haqida ekanligini topasizlar:
Kelib ketar bir yilda,
To’rt og’ayni har xilda. (To’rt fasl)
Bolalar topishmoqni topganlaridan keyin tarbiyachi fasllar tasvirlangan suratlarni ko’rsatib fasllar haqida to’liq tushuncha beradi va so’raydi:
-Bolajonlar, bahor, yoz, kuz, qishni birgalikda qanday atashimiz mumkin? (Bolalarning javoblari).
-Bolajonlar, hozir qaysi fasl? (Bolalarning javoblari).
Do'stlaringiz bilan baham: |