Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet42/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolalar, endi hammamiz o’rnimizdan turamiz. Doira bo’lib turib olamiz. Qo’llarimizni yonga cho’zamiz va qo’limizning kaftini bir-birimiznikiga 15 marta tekkizamiz. Qo’llarimizni yuqoriga ko’tarib 15 marta chapak chalamiz, 15 marta barmoqlarimizni musht qilib ochamiz.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Kim bilsa-davomini sanasin”.
“Kim bilsa- davomini sanasin” o’yini sonlarning natural qatorining tartibiga amal qilishga, to’g’ri va teskari hisoblash mashqlari, xotira, diqqatni rivojlantirishga qaratiladi. O’yinda koptokdan foydalaniladi. Bolalar yarim doira yoki doira bo’lib turadilar. Doiraning o’rtasida o’yinni olib boruvchi turadi. Tarbiyachi o’yin boshlanishidan oldin bolalar bilan ular qanday tartibda (to’g’ri yoki teskari) sanashlarini kelishib oladi. Olib boruvchi bolalardan biriga koptokni otadi va raqamni aytadi. Koptokni ilib olgan o’quvchi keyingi raqamni sanashi kerak.
O’yin tezlik tempida o’tadi va bolalarning unda eng ko’p qatnashishiga imkon berish uchun shuncha marta qaytariladi. O’yin davomida bolalarning 15 gacha to’g’ri sanash malakalari mustahkamlanadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Biz bugun nechagacha sanashni o’rgandik?
2. 10 dan keyin qaysi son keladi?
3. 13 dan oldingi va keyingi sonlarni ayting.
4. 12 dan oldin qaysi son turadi?
5. 14 dan keyingi sonni ayting.

Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.



Geometrik shakllar

Mavzu: Tayoqchalardan hosil bo’lgan geometrik shakllardan bir nechta tayoqchani olish usuli bilan ko’rinishini o’zgartirish
Maqsad:
  • Bolalarning matematik tafakkurini o’stirish va muammoli vaziyatlarda to’g’ri echim topishni o’rgatish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalar berilgan ma’lum shaklning ba’zi qismlarining joyini o’zgartirish bilan yangi shakl yasash mumkinligini bilib oladilar.


  • Bolalar muammoli vaziyatda to’g’ri echim topishni va muammoni hal qilishni o’rganadilar.


  • Bolalarda ijodkorlik va e’tiborlilik oshadi.





Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling