Kerakli jihozlar:
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, tayoqchalar yordamida turli shakllarni hosil qilishni sizlar bilan o’rgangan edik. Hozir egallagan bilimlarimizni eslab 8 ta tayoqchadan kvadrat shaklini yasaymiz. Bu kvadratning ichiga yana 4 ta tayoqcha olib shunday qo’yingki, bitta katta kvadratda 4 ta kichik kvadrat hosil bo’lsin.
Javob:
Bolajonlar, ushbu 12 ta tayoqchadan yasalgan 4 ta kichik va 1 ta katta kvadratning 3 ta tayoqchasini olib shunday qo’yamizki, natijada 3 ta bir-biriga teng kvadrat hosil bo’ladi.
Javob:
Bolajonlar, 3 ta tayoqchani olib kvadratlarning sonini va joylashishini o’zgartirishni bilib oldingiz. Endi mustaqil holda o’zingiz ham xuddi shu kvadratning sonini va joylashishini o’zgartirishga harakat qilib ko’rasizlar.
1-topshiriq. Bolajonlar, 12 ta tayoqchadan yasalgan 4 ta kichik va 1 ta katta kvadratning 4 ta tayoqchasini olib shunday qo’yingki, natijada yana boshqacha ko’rinishda turgan 3 ta kvadrat hosil bo’lsin.
Javob:
Tetiklashtiruvchi mashq.
“Botirtoy” o’yini. 10 ta 10 smli tayoqchaning o’rtasi 5 smli taxtaga, bir uchi polga qo’yiladi. Tayoqchalarning uchi taxtadan chiqib turishi kerak. Bitta bola tayoqchalarni qo’riqlaydi. Boshqa bolalar qo’riqchiga tutqich bermasdan tayoqchalarni sochib yuborishlari lozim, so’ng sochilgan tayoqchalarni qaytadan terishlari kerak. Qo’riqchi ushlagan bolalar o’yindan chiqadi. Tayoqlarning hammasi yig’ilsa yoki barcha bolalar ushlansa o’yin qaytadan boshlanadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bolajonlar, topshiriqlardan qaysi biri sizga ko’proq yoqdi?
2. Katta kvadratdan 4 ta kichik kvadratlar yasash uchun nechta
tayoqchadan foydalandik?
3. 12 ta tayoqchadan yasalgan 4 ta kichik kvadratlar va bitta katta
kvadratning 4 ta tayoqchasining joyini almashtirib nechta
kvadrat yasadik?
4. 12 ta tayoqchadan yasalgan 4 ta kichik kvadratlar va bitta katta
kvadratning, 3 ta tayoqchasini joyini almashtirib nechta kvadrat
yasadik?
Faoliyat oxirida barcha bolalarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |