Ishlanmalari


Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Bir xilini top”


Download 156.34 Kb.
bet45/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Bir xilini top”.

Stol ustiga turli uzunlikdagi lentalar to’plami qo’yiladi. Bolalar stol ustidagi lentalarning uzunligini o’lchab, bir xil lentalarni ajratib chiqadilar. Ajratilgan lentalarni olib doira bo’lib turadilar va lentalar yordamida turli mashqlarni bajaradilar.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

1. Ko’z bilan chamalash usulidan bir xil uzunlikdagi

taxtalarni ajratishda qanday foydalandik?

2. Ko’prik qurishda nechta bir xil taxtadan foydalandik?

3. Bir xil uzunlikdagi lentalarni qanday tanladingiz?

Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.



Fazoviy tasavvur

Mavzu: Qog’oz varag’ining o’ng, chap, yuqori, past, o’rtasini aniqlashga o’rgatish

Maqsad:
  • Bolalarga qog’oz varag’ining o’ng, chap, yuqori, past, o’rtasini aniqlashni o’rgatish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalar aniq topshiriq va mashqlarda qog’oz varag’ining o’ng, chap, yuqori, pasti va o’rtasini aniqlashni o’rganadilar.


  • Bolalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik rivojlanadi.




Kerakli jihozlar:
  • Oq qog’oz (bo’yi 20 sm, eni 30 sm).


  • Geometrik shakllar.


  • Rangli qalamlar.




Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar bilan o’ng-chap, yuqori-past haqida oldin ham juda ko’p gaplashganmiz. Bugun bitta qog’oz varag’ining o’ng va chap tomonini, yuqorisi, pasti va o’rtasini aniqlashni o’rganamiz. (Tarbiyachi doskaga ilingan qog’oz varag’ida ko’rsatib beradi).
Buning uchun hammamiz oldimizdagi qog’oz varag’ining o’ng qo’limiz tomoniga, yuqorisiga sariq kvadratni qo’yamiz. Bu tomon qog’ozning yuqorigi o’ng burchagi bo’ladi.
Qog’oz varag’ining o’ng tomoni pastiga yashil uchburchakni joylashtiramiz. Bu tomon qog’oz varag’ining pastki o’ng burchagi bo’ladi.
Qog’oz varag’ining chap qo’limiz tomoniga, yuqorisiga ko’k doirani qo’yamiz. Bu tomon qog’oz varag’ining yuqori chap burchagi bo’ladi.
Qog’oz varag’ining chap tomoni-pastiga to’q sariq to’rtburchak shaklini qo’yamiz. Bu tomon qog’oz varag’ining pastki chap burchagi bo’ladi.
Qog’oz varag’ining o’rtasiga qizil rangdagi katta doirani joylashtiramiz. Demak katta qizil doiramiz varaqning o’rtasiga qo’yildi.
Endi hamma yonidagi o’rtog’ining ishni qanday bajarganligini tekshirib chiqadi. Men bo’lsam sizdan keyin hammaning ishini tekshirib chiqaman. (Topshiriqni to’g’ri bajarmaganlarga yordam beriladi).





Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling