Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Yil fasllari”.
Bolalarga 1, 2, 3, 4 sonlari tasvirlangan medalionlar tarqatiladi, bolalar medolionlarni taqib oladilar. 1 sonini olganlar 1 soni turgan stolga, 2 sonini olganlar 2 soni turgan stolga, 3 sonini olganlar 3 soni turgan stolga, 4 sonini olganlar 4 soni turgan stolga borib o’tiradilar. Shu tariqa 4 ta kichik jamoa hosil bo’ladi.
Bu sonlar fasllarni bildiradi. Masalan, 1 qishni, 2 bahorni, 3 yozni, 4 kuzni. 1 soni bo’yicha yig’ilgan bolalar qish faslini, 2 soni bo’yicha yig’ilgan bolalar bahor faslini, 3 soni bo’yicha yig’ilgan bolalar yoz faslini, 4 soni bo’yicha yig’ilgan bolalar kuz faslini kubiklar (yoki mozaika)dan yig’adilar. Bu fasl haqida bilganlarini hikoya qilib beradilar. Shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bir yilda nechta fasl bor?
2. Qaysi faslda havo issiq bo’ladi?
3. Qaysi faslda qor yog’adi?
4. Qaysi faslda daraxtlarning barglari to’kiladi?
5. Siz qaysi faslni yaxshi ko’rasiz?
6. Qaysi faslda “Navro’z” bayramini nishonlaymiz?
7. Qaysi faslda tug’ilganingizni bilasizmi?
8. Yoz faslidan keyin qaysi fasl keladi?
Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.
Son va sanoq
Mavzu: 20 gacha bo’lgan sonlar bilan tanishtirish va tartib bilan sanashga o’rgatish
Maqsad:
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar 20 soni ichida tartib bilan sanashni o’rganadilar.
Bolalarning matematik tasavvurlari rivojlanadi.
Kerakli jihozlar:
Turli o’yinchoqlar -20 ta.
Knopka qadalgan kartochkalar (bo’yi 8 sm, eni 12 sm).
Ip va munchoqlar.
Savatcha va mayda o’yinchoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |