Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet49/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar bilan nechagacha sanashni o’rgangan edik?

Bolalar: 15 gacha

Tarbiyachi: To’g’ri, bolajonlar, biz 15 gacha sanashni o’rganib olganmiz. Bugun sizlar bilan 20 gacha sanashni o’rganamiz. Bolajonlar, e’tibor bergan bo’lsangiz stollarimizda o’yinchoqlar har safargidan ancha ko’p. Hozir birgalikda sanab ko’ramiz, nechta ekan?
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15
15 ta o’yinchoqga yana bitta o’yinchoq qo’shsak, 16 ta bo’ladi.
Hammamiz birgalikda aytamiz, 15 ta o’yinchoqqa yana bitta o’yinchoq qo’shsak 16 ta bo’ladi. 16 ta o’yinchoqqa yana bitta o’yinchoq qo’shsak 17 ta bo’ladi. 16 ta o’yinchoqqa yana bitta o’yinchoq qo’shsak nechta bo’lar ekan? To’g’ri, 17 ta bo’lar ekan. 17 ta o’yinchoqqa bitta o’yinchoq qo’shsak, o’yinchoqlarimiz soni 18 ta bo’ladi. 18 ta o’yinchoqqa yana bitta o’yinchoq qo’shamiz va o’yinchoqlarimiz 19 ta bo’ladi. 19 ta o’yinchoqqa yana bitta o’yinchoq qo’shsak 20 ta bo’ladi. Endi o’yinchoqlarimizning hammasini yana bir marta sanaymiz:
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20.
O’yinchoqlar nechta ekan?


Bolalar: 20 ta.

Bolalar uchun amaliy ish.
1-topshiriq. Bolalarga 20 ta knopkaning bir tomoni tikilgan mato beriladi. Bolalar knopkaning ikkinchi tomoni tikilgan matodagi knopkalarni sanab yopib chiqishi kerak.
2-topshiriq. Bolalarga ko’p miqdorda munchoq beriladi. Bolalar munchoqning 20 tasini ipga tizishlari lozim. Har bir bola ipga tizgan munchoqlarini sanab beradi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yinlar: “Toping, nechta o’yinchoq”.
Jihozlar: Savatchaga solingan turli o’yinchoqlar.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlar bilan “Toping, nechta o’yinchoq?” o’yinini o’ynaymiz. Bu o’yinda men savol beraman, siz javob berasiz. Savollar:
1. Savatchadagi koptoklarning soni 15 tadan ko’p, 17 tadan kam. Kim aytadi koptoklar nechta ekan? Qani kelib sanab ko’ringchi, to’g’ri aytibsizmi?
2. Savatchadagi quyonchalarning soni 18 tadan ko’p, 20 tadan kam. Kim aytadi, quyonchalar nechta ekan? Qani kelib sanab ko’ringchi, to’g’ri aytibsizmi?
3. Savatchadagi kubiklarning soni 17 tadan ko’p, 19 tadan kam. Kim aytadi, kubiklar soni nechta? Kelib sanab ko’ringchi, to’g’ri aytibsizmi?
O’yinda barcha bolalarning ishtirok etishiga imkon yaratish kerak.

Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling