Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi hammamiz o’rnimizdan turamiz va ketma-ketlikda turib doira yasaymiz. Qo’llarimizni o’zimizdan oldingi bolaning orqasiga qo’yamiz va sekin-sekin 20 marta shapatilab massaj qilamiz.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Biz bugun nechagacha sanashni o’rgandik?
2. 10 soni kattami 20?
3. 16 dan keyin qaysi son keladi?
4. 18 dan keyin qaysi son keladi?
5. 19 dan oldingi va keyingi sonni ayting.
Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Maxsus shakllar to’plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilishni o’rgatish
Maqsad:
Kutilayotgan natija:
Bolalar maxsus geometrik shakllar to’plamidan namunadagi narsalarni yasashni o’rganib oladilar.
Bolalarda mustaqil holda ijodkorlik bilan narsalar yasashga qiziqish uyg’onadi.
Kerakli jihozlar:
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan geometrik shakllardan har xil narsalarni oldin ham yasaganmiz. Bugun yanada qiziqarli narsalar yasashni o’rganamiz. Oldin men flanelografda ko’rsatib beraman. Mana 4 ta har xil kattalikdagi uchburchak va 1 ta doira shakli. Bu shakllardan jo’ja yoki mushukcha yasashimiz mumkin.
E’tibor beringlar, katta uchburchakka doirani birlashtiramiz, doiraga eng kichik uchburchakning ikkitasini birlashtiramiz. Katta uchburchakning o’ng tomoni pastiga oxirgi uchburchakni qo’yamiz, natijada Mushukcha tasviri kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |