Miqdor (Kattalik)
Mavzu: “Qalin-yupqa”, “katta-kichik” “uzun-kalta” narsalarning o’lchamini aniqlashga o’rgatishni davom ettirish
Maqsad:
Bolalarning kattalik, miqdor to’g’risidagi tushunchalarini mustahkamlash.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar narsalarning turli o’lchamini aniqlashni o’rganadilar.
Bolalar nutqda “qalin-yupqa”, “katta-kichik” “uzun-kalta” so’zlarini to’g’ri qo’llashni bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
Turli qalinlikdagi va kattalikdagi kitoblar.
Kitoblar rasmi chizilgan qog’oz (bo’yi 15 sm, eni 20 sm), rangli qalamlar.
Sehrli qopcha va turli qalinlikdagi va uzunlikdagi tasmalar, turli uzunlikdagi qalamlar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, uyda sizning kitoblaringiz bormi? Guruhimizdagi “Kitoblar burchagi”da kitoblar qancha? Judayam to’g’ri, kitoblarimiz ko’p. Jamolbek, sizga qaysi kitobimiz yoqadi? O’zingiz eng yaxshi ko’rgan kitobni olib keling. Nima uchun bu kitobni yaxshi ko’rasiz? Barakalla! Maftuna, siz ham o’zingiz yoqtirgan kitobni olib keling. Nima uchun bu kitobni yaxshi ko’rasiz? Menga bo’lsa, mana bu kitob judayam yoqadi. Bu kitobdagi turli topishmoqlar va jumboqlarni echishni yaxshi ko’raman.
Bolajonlar, bu kitoblarning faqat ichidagi mazmunda emas, balki tashqi ko’rinishida ham farqlar bor, to’g’rimi?
Siz nima deb o’ylaysiz, qanday farqlar bor?
To’g’ri, bolajonlar 1-kitobimiz qalin va katta, 2-kitobimiz yupqa va katta, 3-kitobimiz kichik va qalin. Kitob qalin bo’lishi uchun uning varaqlari ko’p bo’lishi kerak.
Mana bu yig’ma kitobimiz yupqa va uzun.
Bolalarga 10 tagacha kitobni xuddi shunday bir-biriga taqqoslab qalin-yupqaligi, katta-kichikligi va uzun-kaltaligini aniqlash o’rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |