Jamolbek: Vovv-vovv, vovv-vovv.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “O’yinchoqni top”.
Bu o’yin bolalarga harakat paytida yo’nalishini o’zgartirishni o’rgatishga qaratilgan. O’yinda xonaning turli joylariga berkitilgan o’yinchoqlarni topishga tayyorlangan “xatdan” foydalaniladi.
Tarbiyachi: “Bolajonlar, kechqurun guruhimizga Karlson uchib kelibdi. Karlson sizlarga atalgan sovg’alarni olib kelgan. Karlson hazilni yaxshi ko’radi, shuning uchun o’yinchoqlarni yashirib qo’ygan. Mana bu xatda o’yinchoqlarni qanday topish yozilgan”. Tarbiyachi konvertni ochib o’qiydi: “Derazaning oldiga borib, chapga buril va 5 qadam yur o’yinchoqni topasan”. Bolalardan biri topshiriqni bajaradi va o’yinchoqni topadi. Boshqa bola quyidagi topshiriqni bajaradi: “Stolning oldida turib, oldinga 3 qadam yur, o’ngga burilib 4 qadam yur o’yinchoqni topasan”. Iloji boricha barcha bolalarning o’yinda ishtirok etishiga sharoit yaratish kerak.
Bolalar bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Bolajonlar, harakat davomida yo’nalishni o’zgartirishga
qiynalmadingizmi?
2. O’ng qo’lingizni ko’taring.
3. Chap qo’lingizni ko’taring.
4. Chap tomoningizdagi o’rtog’ingizning ismi nima?
5. O’ng tomoningizda qaysi o’rtog’ingiz o’tiribdi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Labirintlar va ularning echimi bilan tanishtirish
Maqsad:
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar labirintlar haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Bolalar labirintlarning echimini topishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Turli labirintlar tasviri (bo’yi 20 sm, eni 30 sm).
Rangli qalamlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |