Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet38/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar ko’rsatilgan yo’nalish bo’yicha harakat qilishni juda yaxshi o’rganib olgansizlar. Bugun men sizlarga juda qiziq topshiriq tayyorlab qo’ydim. Ikkitadan bo’lib mana bu kartalardan birini olasiz. Xonamizdagi narsalar kartalarda ma’lum belgilar bilan belgilab qo’yilgan. Avval belgilar nimalarni bildirishini o’rganib olasizlar. Keyin esa shu belgilar va ularga qo’yilgan sonlar bo’yicha harakat qilasizlar. 1 soni qo’yilgan joyni topasiz va shu joydan boshlab strelka bo’yicha 2 soni qo’yilgan tomonga harakatlanasiz. So’ng 3, 4, 5, 6 sonlari bilan belgilangan joylarga harakatlanib marraga etib kelasiz.


1-tarbiyachining stoli
2-shkaf
3-bolalar stoli
4-tinchlanish xonasi
5-so’ri

6- marra


Bu xarita bilan ishlash uchun quyidagi savollarga javob berishlaringiz kerak:
1. Xaritada qanday geometrik shakllar tasvirlangan?
2. Xaritada nechta geometrik shakllar chizilgan?
3. Birinchi shakl xonadagi qaysi buyumga o’xshaydi?
4. Ikkinchi shakl xonadagi qaysi buyumga o’xshaydi?
5. 4-shakl xonaning qaerida joylashgan?
6. 3-shakl nimaning shakli?
7. 5-shakl xonaning qaerida joylashgan?
8. 5-shakl nimaning shakli?

Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Bayroqchaga qarab yur”.
Bu o’yin bolalarning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi. Bolalarning fazoviy tasavvurlarini mustahkamlaydi.
Tarbiyachi Faoliyat boshlanishidan oldin xonaning turli joylariga bayroqchalar qo’yib chiqadi. Buratino yoki boshqa ertak qahramoni tarbiyachi yordamida bolalarga topshiriq beradi: “Derazagacha borib, o’ngga 3 qadam yur va uchburchak shaklidagi bayroqchani ol”, bola topshiriqni bajarib bayroqchani topadi. Bolalar bunday topshiriqlarni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan: “5 qadam oldinga yur, chapga o’giril, yana 2 qadam yur, o’ngga buril. U erda to’rtburchak shaklidagi bayroqchani topasan”. O’yin bir necha marta takrorlanadi.

Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling