Kerakli jihozlar:
Sanoq tayoqchalari 15 ta.
Qalin va yupqa iplar.
Geometrik shakllar: doira 11 ta, kvadrat 12 ta, uchburchak 14 ta, to’rtburchak 15 ta.
Koptok.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan 10 gacha sanashni o’rganib olganmiz, to’g’rimi? Bugun sizlar 10 sonidan keyingi sonlarning 5 tasi bilan tanishasizlar.
Buning uchun hammamiz oldimizdagi sanoq tayoqchalaridan foydalanamiz. Oldin 10 ta tayoqchani sanab stol ustiga terib olamiz: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10. Keyin 10 ta tayoqchaga yana 1 ta tayoqcha qo’shamiz va sanaymiz 11 (o’n bir). Hammamiz birgalikda aytamiz- o’n bir. Endi 11 ta tayoqchaga yana 1 ta tayoqcha qo’shamiz va sanaymiz 12. Hammamiz birgalikda aytamiz-o’n ikki. 12 ta tayoqchaga yana 1 ta tayoqcha qo’shamiz va sanaymiz-o’n uch. 13 ta tayoqchaga yana 1 ta tayoqcha qo’shamiz va sanaymiz-o’n to’rt. 14 ta tayoqchaga yana 1 ta qo’shamiz va sanaymiz-o’n besh. Bolalar biz nechagacha sanashni o’rgandik?
Bolalar: 15 gacha.
Tarbiyachi: To’g’ri, bolajonlar, biz 15 gacha sanashni o’rgandik. Kelinglar, hammamiz birgalikda yana bir marta sanaymiz: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, stollaringiz ustida turli geometrik shakllar, qalin va yupqa iplar turibdi. Oq rangdagi qalin ipni doira shaklida qo’yasiz va unga 11 ta doira shaklini terasiz. Qizil rangdagi qalin ipni kvadrat shaklida qo’yasiz va unga 12 ta kvadrat shaklini terib chiqasiz. Sariq rangdagi qalin ipni uchburchak shaklida qo’yasiz va unga 14 ta uchburchak shaklini terib chiqasiz. Ko’k rangdagi qalin ipni to’rtburchak shaklida qo’yasiz va unga 15 ta to’rtburchak shaklini terib chiqasiz. Bolajonlar, endi e’tibor berib sanab chiqing va biz shakllarni nechtadan terib chiqanimizni ayting. Biz hozir shakllarni terib chiqqanda 11 dan 15 gacha bo’lgan qaysi sonni ishlatmadik? Bolajonlar, endi hammamiz 15 gacha sanaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |