Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Ha-yo’q”.
Hozir birgalikda “Ha-yo’q” o’yinini o’ynaymiz. Avval o’yinning sharti bilan tanishib chiqamiz. Men qog’oz varag’ining qaysi joyida qanday shakl turganligini aytaman, siz “ha” yoki “yo’q” deb javob berasiz.
Qog’oz varag’ining yuqorigi chap burchagiga qizil doira qo’yilgan. (Ha)
Yuqorigi o’ng burchagiga ko’k doira qo’yilgan. (Yo’q)
Pastki chap burchagiga to’q sariq to’rtburchak qo’yilgan. (Ha)
Qog’oz varag’ining o’rtasida katta qizil doira qo’yilgan. (Ha)
Pastki chap burchagiga yashil uchburchak qo’yilgan. (Yo’q)
Yuqorigi chap burchagiga to’q sariq kvadrat qo’yilgan. (Yo’q)
Hamma yaxshi qatnashdi. Qarsak chalib bir-birimizni olqishlaymiz. Barakalla bolalar.
Bolalar uchun amaliy ish.
Bolajonlar, rasm chizishni yaxshi ko’rasizlarmi? Hozir hammamiz birgalikda rasm chizamiz. Asosiy chizadigan narsalarni men aytib turaman, qolganini siz o’zingiz xohlaganingizcha davom ettirishingiz mumkin.
Hammamiz qo’limizga sariq qalamni olamiz va qog’oz varag’ining yuqorigi o’ng burchagiga quyosh rasmini chizamiz. Hamma chizdimi?
Och ko’k qalamni olib varaqning yuqorigi chap burchagiga bulut rasmini chizamiz. Siz qanday tasavvur qilsangiz shunday chizavering.
Qora qalamni olib varaqning pastki o’ng burchagiga uycha chizamiz.
Varaqning pastki chap burchagiga daraxt va o’tlarning rasmini chizamiz. Bunda qanday rangdan foydalanamiz? (Bolalarning javobi). Juda to’g’ri.
Qog’oz varag’ining o’rtasiga uchayotgan qush rasmini chizamiz.
Endi, bolajonlar rasmni o’zingiz xohlaganday davom ettirishingiz mumkin.
Bolajonlar, endi hammamiz rasmimizni “Ijodiy ishlar ko’rgazmasiga” ilib qo’yamiz va bir-birimizning ishimizni ko’rib chiqamiz.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Qog’ozning yuqorigi chap burchagiga nimaning rasmini chizdik?
2. Qog’ozning pastki o’ng burchagiga nimalarning rasmini chizdik?
3. Quyosh rasmini qog’ozning qaysi burchagiga chizdik?
4. Qog’ozning pastki chap burchagiga nimaning rasmini chizdik?
5. Bulutni qog’ozning qaysi burchagiga chizdik?
Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |