Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet47/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Yil fasllari: “Bu qachon sodir bo’ladi ?” o’yini orqali bilimlarni mustahkamlash
Maqsad:
  • Bolalarning yil fasllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash.




Kutilayotgan natija:
  • “Bu qachon sodir bo’ladi?” o’yini orqali, bolalarning yil fasllari to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash.


  • Bolalar yil fasllarida sodir bo’ladigan hodisalarni bilib oladilar.




Kerakli jihozlar:
  • 1, 2, 3, 4 sonlari tasvirlangan medalionlar.


  • 1 dan 4 gacha raqamlar tasvirlangan kartochkalar (8x8 sm).


  • Yil fasllari tasvirlangan yig’ma kubiklar (yoki mozaika).





Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, men sizlarga bir ertak aytib beraman.
“Bor ekanda, yo’q ekan, och ekanda, to’q ekan. Hozirgi zamonda to’rt og’a-ini yashar ekan. Har bir og’a-ini bir yilda uch oy o’ziga yarasha ishlarni qilar va yana bulutlar orasidagi go’zal go’shaga “Bulutlar qasriga” qaytar ekan. Ular navbati bilan to’qqiz oy dam olar ekan”.

Bolalar, ertak nima haqidaligini bilib oldinglar deb o’ylayman, bilib olmaganlar ertagimning davomini eshitsin.


“Bu aka-ukalar, albatta fasllardir. Ulardan birinchi bo’lib qish qilich yalang’ochlab kirib kelar ekan va kunlar sovub, qor yog’ar ekan. Quyosh ham ko’p chiqmas ekan. Lekin, yaxshi tomonlari ham bor ekan. Bolalar mazza qilib qor o’ynashar, “Yangi yil” bayramini orziqib kutishar ekan. Qishning kunlari asta yakunlangach, qish fasli odamlardan mamnun holda, o’rnini bahor fasliga qoldirib, “Bulutlar qasri”ga yo’l olar ekan.
“Bahor” fasli o’zi bilan do’sti “boychechakni” olib kelar ekan. Uzoq o’lkalarga uchib ketgan qushlar yana o’lkamizga qaytib kelar ekan. Bahor faslida odamlar yanada quvnoq bo’lar ekan, sababi bu oyda yomg’ir yog’ib “Kamalak” chiqar, gullar ochilib, daraxtlar gullab- olam gullarga burkanar ekan. Bahor faslida oyijonlarimizning bayrami “8-mart” va “Navro’z” bayramini nishonlaymiz. Bahor oyi mamnuniyat bilan “Bulutlar qasri”ga qaytib ketar ekan.

Bahordan keyin navbat “Yoz” fasliga kelar ekan. “Yoz” faslida havo juda issiq bo’lgani uchun ko’plab ekinlar, sabzovotlar, mevalar pishib etilar ekan. Yozda bolalar mazza qilib oromgohlarda dam olishar, cho’milishar, turli o’yinlar o’ynab, sport bilan shug’ullanib kuch to’plashar ekan.


“Yoz” fasli yakunlangach, “Kuz” kelar ekan. Kuzda havo salqin bo’lib, ba’zida yomg’ir yog’ar ekan. “Kuz”da o’lkamizdagi ko’p qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadi. Daraxtlarning barglari har xil rangga kiradi va to’kiladi. Barcha ekinlar va mevalar pishadi. “Kuz” fasli ham har xil sho’xliklar qilib o’z qasriga qaytar va “Qish” bobo yana fasllarni davom ettirar ekan ”

Tarbiyachi: Bolalar, qaysi faslda nima sodir bo’lishini bilib oldik, yana bir takrorlaymiz.
  1. Qor yog’adi, quyosh kam chiqadi, sovuq havo bo’ladi, “Yangi yil” bayrami o’tkaziladi. Bu qachon sodir bo’ladi? Qishda


  2. Yomg’ir yog’adi, osmonda “Kamalak” paydo bo’ladi, turli xil gullar ochiladi, daraxtlar gullaydi, “Navro’z” bayrami nishonlanadi. Dehqonlar turli ekinlarni ekishadi. Qushlar uzoq o’lkalardan uchib kelishadi. Bu qachon sodir bo’ladi? Bahorda


  3. Turli sabzovotlar, mevalar pishadi, havo juda issiq bo’ladi. Bolalar ta’tilga chiqib dam oladilar.


Bu qachon sodir bo’ladi? Yozda


  1. Kunlar asta soviydi, daraxtlarning bargi to’kiladi, qushlar qishlash uchun issiq o’lkalarga uchib ketadi, yomg’ir yog’adi.


Bu qachon sodir bo’ladi? Kuzda



Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling