Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet50/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Tetiklashtiruvchi mashq.

Tarbiyachi: Bolajonlar, endi hammamiz o’rnimizdan turamiz va ketma-ketlikda turib doira yasaymiz. Qo’llarimizni o’zimizdan oldingi bolaning orqasiga qo’yamiz va sekin-sekin 20 marta shapatilab massaj qilamiz.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Biz bugun nechagacha sanashni o’rgandik?
2. 10 soni kattami 20?
3. 16 dan keyin qaysi son keladi?
4. 18 dan keyin qaysi son keladi?
5. 19 dan oldingi va keyingi sonni ayting.
Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.

Geometrik shakllar

Mavzu: Maxsus shakllar to’plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilishni o’rgatish
Maqsad:
  • Bolalarga maxsus geometrik shakllar to’plamidan namunadagi narsalarni yasashni o’rgatish.




Kutilayotgan natija:
  • Bolalar maxsus geometrik shakllar to’plamidan namunadagi narsalarni yasashni o’rganib oladilar.


  • Bolalarda mustaqil holda ijodkorlik bilan narsalar yasashga qiziqish uyg’onadi.




Kerakli jihozlar:
  • Oq qog’oz (bo’yi 20 sm, eni 30 sm), elim (har bir bolaga).


  • 1-topshiriq uchun har bir bolaga 4 ta uchburchak va 1 ta doira shakli.


  • 2-topshiriq uchun 2 ta kichik kvadrat, 2 ta katta uchburchak, 1 ta romb, 1 ta to’rtburchak shakllari.


  • 3-topshiriq uchun katta va kichik doira, 2 ta to’rtburchak, 1 ta kvadrat.





Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan geometrik shakllardan har xil narsalarni oldin ham yasaganmiz. Bugun yanada qiziqarli narsalar yasashni o’rganamiz. Oldin men flanelografda ko’rsatib beraman. Mana 4 ta har xil kattalikdagi uchburchak va 1 ta doira shakli. Bu shakllardan jo’ja yoki mushukcha yasashimiz mumkin.
E’tibor beringlar, katta uchburchakka doirani birlashtiramiz, doiraga eng kichik uchburchakning ikkitasini birlashtiramiz. Katta uchburchakning o’ng tomoni pastiga oxirgi uchburchakni qo’yamiz, natijada Mushukcha tasviri kelib chiqadi.



Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling