Ishlanmalari


Bolalar bilimini mustahkamalsh va tekshirish uchun savollar


Download 156.34 Kb.
bet55/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Bolalar bilimini mustahkamalsh va tekshirish uchun savollar:
1. Bugun qaysi o’yinlarni o’ynadik?

2. O’ng va chap, orqa va oldinni bilasizmi? Ko’rsatib aytib bering.


Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.

Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Hafta kunlarining nomlarini bilish va ketma-ket kelishi haqidagi bilimlarni mustahkamlash
Maqsad:
  • Bolalarning hafta kunlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalar hafta kunlarining nomlarini bilib oladilar.


  • Hafta kunlarining ketma-ketligini to’g’ri aytishni o’rganadilar.




Kerakli jihozlar:
  • 1-7 gacha raqamlar yozilgan medalionlar.


  • Yulduzchalar.


  • Konvertlar.



Faoliyatning borishi:



Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, sizlar “Hafta kunlari” deb juda ko’p eshitgansizlar. Hafta kunlari so’zini eshitib qaysi ertak yodingizga tushdi? Hafta kunlari deganda balki “Oppog’oy va etti gnom ertagi” esingizga tushgandir.

Kelinglar, bolajonlar, hozir sizlar bilan “Hafta kunlari va biz” mavzusida musobaqa uyushtiramiz. Buning uchun kichik jamoalarga bo’linib olamiz. Jamoalarga bo’linish uchun hafta kunlarini navbat bilan aytib chiqamiz. Har bir kishi qaysi kunni aytganini eslab qolsin. Men «Dushanba» deganlarga 1 raqamli, «Seshanba» deganlarga 2, «Chorshanba» deganlarga 3, «Payshanba» deganlarga 4, «Juma» deganlarga 5, «Shanba» deganlarga 6, «Yakshanba» deganlarga 7 raqamli medalionlarni berib chiqaman. Ular medalionlarni taqib- «Dushanba» deganlar-1 raqami turgan stolga, «seshanba»-2 raqami turgan stolga, «chorshanba»-3 raqami turgan stolga, «payshanba»-4 raqami turgan stolga, «juma»-5 raqami turgan stolga, «shanba»-6 raqami turgan stolga, «yakshanba» deganlar-7 raqami turgan stolga borib o’tiradilar.

Bolajonlar, nechta jamoaga bo’lindik? (Bolalarning javoblari)

Musobaqamiz 3 bosqichdan iborat bo’ladi.



1-bosqich

1-bosqichda sizlarga savollar beraman. Savollarga javob berganlarga yulduzcha beriladi va qaysi jamoa ko’proq yulduzcha to’plasa shu jamoa g’olib bo’ladi.

Diqqat bilan eshiting va savollarga javob bering:

1. Bir haftada necha kun bor?

2. Haftaning birinchi kuni -

3. Barcha dam oladigan kun?

4. Dushanbadan keyingi kun?

5. Haftaning uchinchi kuni -

6. Bolajonlar, sizlar qaysi kunlari dam olasizlar?

7. Haftaning beshinchi kunini ayting.

8. Chorshanbadan keyingi kun?

9. Seshanba kunidan oldingi kunni ayting.

10. Payshanbadan keyingi kunni ayting.

Javoblar:

1. 7 kun.

2. Dushanba.

3. Yakshanba.

4. Seshanba.

5. Chorshanba.

6. Shanba, yakshanba.

7. Juma.

8. Payshanba.

9. Dushanba.

10. Juma.


2-bosqich

Har bir jamoa o’z kunida nima ishlar qilishi haqida rasmli hikoya chizadilar. Hamda hikoyani so’zlab beradilar. Bu hikoyada shu kunning nomi kamida 5 marta aytilishi shart.


3-bosqich

Jamoalar oldindan tayyorlangan konvertlardan birini tanlaydilar. Konvertlarda vaqt haqida she’r aytish yoki topishmoqni topish shartlaridan biri bo’ladi.


Musobaqa yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.


Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling