Ishlatilishi: • Suxbat davomida sodir bo`layotgan ish-harakatlarida
Download 26.79 Kb.
|
Present Continuous
- Bu sahifa navigatsiya:
- Present Continuous zamonining qoʻllanish holatlari: 1️⃣Ayni paytda sodir bolayotgan ish-harakatni ifodalash uchun
Present Continuous tensePresent Continuous tense ▪️ Present Continuous Tense – hozirgi davomiy zamon odatda ayni paytda sodir bo'layotgan ish-harakatlarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. ▪️ Gapda egadan keyin am/is/are yordamchi fe’llari va asosiy fe’lga ‘-ing’ qoʻshilgan holda qoʻllaniladi. ▪️ Positive form: 🔸I am working. 🔸He/she/it is working. 🔸We/you/they are working. ▪️ Negative form: 🔸I am not working. 🔸He/she/it is not working. 🔸We/you/they are not working. ▪️ Question form: 🔸Am I working? 🔸Is he/she/it working? 🔸Are we/you/they working? Present Continuous zamonining qoʻllanish holatlari: 1️⃣Ayni paytda sodir bo'layotgan ish-harakatni ifodalash uchun qo'llaniladi. ▪️ Ish-harakat soʻzlovchi nutqi davomida sodir boʻlayotgan va tugallanmagan bo'lishi lozim, asosan atrofimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni tasvirlash uchun qoʻllaniladi. 🔸Look! The dog is running after the child. (Qarang! It bolakayning orqasidan quvlayapti.) 🔸Take away the crib! The teacher is looking at you. 🔸Listen! The way he is singing is quite wrong. 2️⃣Ba'zan ish-harakat ayni paytda sodir bo'lmayotgan, lekin boshlangan va hali tugallanmagan boʻlishimi mumkin. ▪️Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz: 🔸Tom and Ann are sitting in a café. Tom is drinking coffee (Birinchi qoida bo'yicha). ▫️ Ann: What are you doing these days, Tom? ▫️ Tom: You know, I am preparing for my exams. ❗️Yuqoridagi misolda, Tom kafeda oʻtirib, kofe ichayotgan boʻlsa ham, ayni kunlarda imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganini aytmoqda. Bu yerda Tomning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganligi boshlanib, hali davom etayotgan va tugallanmagan ish-harakat sifatida ifodalangan. ▪️ Yana misollar: 🔸I am learning English nowadays. 🔸What is Tom doing for living? 3️⃣Vaqtinchalik, faqatgina ma’lum bir muddat sodir boʻlib turgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi zamon davomiy fe’li qoʻllaniladi. 🔸I usually go to work by bus, but this week I am going by taxi. (Men odatda ishga avtobusda ketaman, lekin bu hafta taksida boryapman.) 🔸Tom is living with his friends until he finds a flat. (Tom kvartira topgunicha do’stlari bilan yashayapti.) 4️⃣Vaqt oʻtgan sayin oʻzgarib borayotgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi davomiy zamon fe’li qoʻllaniladi. ▪️Quyidagi fe'llar odatda mazkur qoida boʻyicha qoʻllaniladi. Download 26.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling