Қишлоқ хўжалиги корхоналарида меҳнатга ҳақ тўлашни хуқуқий тартибга солиш
Korxonalar rahbarlari mehnatiga haq to`lash tartibi
Download 39.8 Kb.
|
mehnatga haq tulash
3. Korxonalar rahbarlari mehnatiga haq to`lash tartibi
Qishloq xo`jalik korxonalari rahbarlari mehnatiga haq to`lash paytida ushbu korxonadagi mavjud mulkchilik shakli, xo`jalik yuritish usuli, korxonaga rahbarlik qilayotgan shaxslarning huquqiy maqomi kabi bir qator omillarning ahamiyati kattadir. Davlat qishloq xo`jalik korxonalari (o`rmon, baliqchilik, qo`riqxona va boshqa xo`jaliklar, tajriba va tadqiqot uchastkalari va hokazolar) rahbarlari mehnatiga haq to`lash davlatning vakolatli organlari (O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi va boshqalar) tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari, mansab maoshlari tizimlari, boshqa me`yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatlarda davlat qishloq xo`jalik korxonalari rahbarlarini mukofotlash, moddiy rag`batlantirish shartlari va tartiblari ham belgilab qo`yilishi mumkin. Nodavlat mulkchiligiga asoslangan qishloq xo`jalik korxonalarini, O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasida korxonalar to`g`risida»gi qonuni 15-moddasiga ko`ra, bevosita o`zi yoki o`zi vakil qilgan organ orqali, shu jumladan korxona rahbari lavozimiga ishga yollash asosida tayinlangan shaxs orqali boshqarish mumkin deyilgan. Bunday holda korxona mulkdori bilan korxona lavozimiga ishga yollanayotgan shaxs o`rtasida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuziladi. Aksiyadorlik jamiyatlari, qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari) yoki boshqa xo`jalik yuritish shakliga asoslangan qishloq xo`jalik korxonalariga rahbarlar va mutaxasislar ana shunday mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ham tayinlanishlari mumkin. Ana shunday hollarda rahbar va mutaxassislar mehnatiga haq to`lash tegishli qonunlar, qishloq xo`jalik korxonasi ustavi, korxona a`zolari umumiy yig`ilishi qarorlariga muvofiq ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlariga asosan amalga oshiriladi, Bunday mehnat shartnomalarida to`lanadigan ish haqi mikdori, ustama haqlar, mukofotlar va boshqa rag`batlantiruvchi to`lovlar shartnoma (kontrakt) taraflarining o`zaro kelishuvlari asosida belgalanadi va eng ko`p miqdor bilan chegaralanmagan. Bu to`lovlarning miqdori korxona rahbari yoki mutaxassisning korxona idoralariga qo`shgan shaxsiy hissasiga, uning ish samaradorligiga, korxonaning xo`jalik-moliyaviy faoliyati yakunlariga bevosita bog`liq qilib qo`yilishi mumkin. Download 39.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling